Mahsulot menejeri kim, u nima qiladi va bu kasbni qanday qilib egallash mumkin?

Mahsulot menejeri kim, u nima qiladi va bu kasbni qanday qilib egallash mumkin?

Har qanday IT kompaniyasida mahsulotning yo’l xaritasini ishlab chiqadigan va jamoaning yaxshi ishlashini ta’minlashda hal qiluvchi rol o’ynaydigan odamlar bor — bular mahsulot menejerlari. Biz mahsulot menejeri qanday vazifalarni hal qilishini va qanday qilib bu kasb egasiga aylanishni ushbu maqolada bilib olamiz.

Mahsulot menejeri nima qiladi?

Mahsulot menejeri nima bilan shug’ullanadi va uning vazifalari nimadan iboratligi haqidagi bahslar hali ham ma’lum doiralarda to’xtamaydi. Bugungi kunga qadar ko’pchilik dasturchilar ‘bular buyuk odamlar ajoyib g’oyalarni o’ylab topishadi, aqlga si’g’maydigan ishlarni tushunarsiz qisqa vaqtlarda qilishni belgilashadi va : «Xo’sh, biz buni hafta oxirigacha qilamizmi?» deb bizni «miyyalashadi» deyishadi’.

Ha, ehtimol, ba’zida shunday bo’ladi, lekin faqat qobiliyatsiz product manager’lar o’z ishlarida bu yondashuvdan foydalanadilar. Oddiy adekvat mutaxassislar, o’z sohasidagi professionallar nima qiladi? Birinchidan, ular jamoaga ilmiy usullar yordamida turli muammolarga yechim topishda yordam berishadi, masalan:

  •  Qanday vositalar yordamida daromadni oshirish mumkin?
  •  Nima uchun foydalanuvchilar sizning ilovangizni sinab ko’rgandan so’ng, ketishadi va hech qachon qaytib kelishmaydi va buni qanday bartaraf qilish kerak?
  • Yakuniy foydalanuvchi uchun mahsulot qiymatini qanday oshirish mumkin?

Va eng muhimi, ular hamkasblariga yuqoridagilarning barchasini hayotga tatbiq etishni o’rgatishlari kerak.

Product Manager ning vazifalari

Mahsulotni turli xil ishlab chiqish guruhlari o’rtasida o’zaro aynan qanday mahsulot ishlab chiqayotganliklarini ularga tushuntirish, mahsulotni yaratish uchun umumiy strategiyani, uning tashqi ko’rinishini va maqsadli bozor ehtiyojlariga javob beradigan o’rnatilgan funksionallikni belgilashi kerak. Bundan tashqari, to’g’ri savollarni so’rash va ularga mos javoblarni topish qobiliyati bo’lishi kerak, Miro’da zamonaviy ramkalar va murakkab sxemalarni qurish ko’nikmalari shunchaki yetarli emas. Va kasb hali juda yosh bo’lganligi sababli, ushbu mutaxassis nima qilishi kerakligi haqida aniq bir tamoyil yo’q. Biroq, biz ularni vazifalarini belgilashga harakat qildik va ular ko’pincha nima qilishini aniqladik:

1. Belgilangan maqsadlarga erishish uchun mahsulotning yo’l xaritasi va umumiy ishlab chiqarish strategiyasini ishlab chiqadi.

Ushbu bosqichda u mijozlarning katta miqdordagi fikr-mulohazalarini to’playdi va o’rnagib chiqadi, shuningdek, mahsulotning kelajakdagi yo’nalishini aniqlash uchun o’zaro faoliyat guruhlari bilan yaqindan ishlaydi. Ishlab chiqarish muvaffaqiyatining eng muhim parametrlari va ko’rsatkichlarini boshidan oxirigacha nazorat qiladi.

2. Mijozlarning ehtiyojlarini tahlil qiladi

Ma’lumot olinganda, mahsulot uchun mijozlarning talablarini yoki eng muhim istaklarini belgilaydi. Bozor talablari, foydalanuvchi ehtiyojlari va raqobatchilarning mahsulotlarini tahlil qiladi. Zarur bo’lganda mijozlar bilan suhbatlar o’tkazadi va asosiy og’riqli nuqtalar va qiyinchiliklarni aniqlash uchun mijozlarni qo’llab-quvvatlash orqali ular bilan yaqindan ishlaydi. Mahsulotning hayot aylanishini ishlab chiqishda butun jamoa keyinchalik e’tibor qaratadigan ustuvorliklarni belgilaydi.

3. Jamoani muvofiqlashtirish

Qoida tariqasida, mahsulotni yaratishda texnik jarayonda bir nechta ishchi guruhlar va etaplarda ishchilar uchun mahsulotni va kompanyani asosiy talab istaklarini tushinib ishlashlarini ta’minlaydi va dasturchi, dizaynerdan tortib sinovchilarga qadar hammani aniq tuzilgan reja asosida barchalari o’z hissalarini maksimal darajada qo’shishlarini nazorat qiladi, boshqaradi.

4. Mahsulotni bozorga chiqarishdan oldin tayyorligini baholash

Mahsulotlar beta-sinov qiladi va sinovdan o’tadigan mahsulot mijozlar kutganiga mos kelishiga ishonch hosil qilish uchun javobgardir.

Qanday qilib mahsulot menejeri bo’lish mumkin

Kasbni egallashning uchta yo’li mavjud:

  • Shaxsan o’zingiz o’qib o’rganish orqali.
  • Mentor bilan kurslar yoki darslar.
  • Qayta tayyorlash yoki boshqa lavozimdan o’tish orqali.

O’quv qo’llanma

Bu sohani mustaqil o’rganishda nima qilish kerak? Xo’sh, birinchi navbatda kitob o’qing. Loyihani boshqarish asoslari bilan tanishtirish uchun bir nechta yaxshi kitoblar:

  • «Mahsulotni boshqarish bo’yicha interkom» (Intercom on Product Manegment);
  • «Onamdan so’rang» (Mom’s Test);
  • «Noldan biznes» (Lean Startup);
  • «Tepalikni kesib o’tish»(Crossing the Chasm).

Olingan mahsulot ko’nikmalarini sinov loyihalarida mashq qilishni unutmang. 

Ularni qayerdan olsam bo’ladi va bu loyihalar nima? 

Bular ochiq kodli kutubxonalar, shaxsiy blogingiz, har qanday turdagi ilovalar, telegramma botlari va boshqalar bo’lishi mumkin.

Biznes modeli kanvasi bilan ishlang va uni o’quv loyihangizga qo’llang. «Men buni qilish bilan to’g’ri ish qildimmi?» degan savollarni o’zingizga berish orqali bilimlarni tahlil qilib boring. Siz, albatta, bu savollar ortidan bir qancha asossiz taxminlarni topasiz va bu sizning aqliy qobiliyatingiz uchun yaxshi mashqdir va ularsiz siz hech qaerga ketolmaysiz!

Odamlar bilan suhbatlashishni mashq qiling, hamkasblar, do’stlar, qarindoshlar yoki qo’shnilarn. Ko’pincha, bu eng qulay va qimmatli ma’lumot manbalaridan biridir.

Gipotezalarni tekshirishning turli kombinatsiyalaridan foydalaning: intervyular, so’rovlar, tahlillar, UX testlari.

Mentor topish

Siz oqilona tajribali mahsulot menejerini topishingiz mumkin, ammo sizga bilim berishiga qiziqish uyg’otish va uni sizga yordam berishga ko’ndirish — bu yaxshi chellendj. Biroq, agar siz mutaxassisga uning kundalik ishlarida yordam berishni taklif qilsangiz, u sizga bilimlari bilan baham ko’rishi mumkin. Va unga yordam berish orqali siz juda ko’p jangovar tajribaga ega bo’lasiz. Agar siz o’z niyatingizda halol va xolis bo’lsangiz, unda imkoniyatlar bor!

Murabbiy topilsa, undan loyihalaringizni ko’rib chiqishni, rejalar va skriptlarni tekshirishni so’rang. Murabbiy rahbarligida iloji boricha ko’proq gipotezalarni tekshirish usullarini o’rganishga harakat qiling va boshqa odamlarning holatlarini kuzating — imkon qadar tajriba orttiring.

Agar bir necha oydan keyin siz hali ham mahsulot menejeri bo’lish istagini yo’qotmagan bo’lsangiz, demak, bu sizning kasbingiz.

Mahsulot menejeri bo’lishning ijobiy va salbiy tomonlari

Keling, ushbu kasbning afzalliklaridan boshlaylik:

  •  siz to’g’ridan-to’g’ri mahsulotga va uni ishlatadigan barchaga ta’sir qila olasiz;
  •  har xil kundalik vazifalarning ko’pligi;
  •  har qanday lavozimda sizga foydali bo’ladigan o’quv ko’nikmalari.
  • Mahsulot menejeri bo’lishning kamchiliklari:
  • katta mas’uliyat va yuqori stress darajasi;
  • bir narsaga diqqatni jamlash qiyin, chunki har doim ko’p vazifalar mavjud;
  • kasbiy jihatdan o’sish bor yoki yo’qligini tushunish qiyin;
  • ish haqi ba’zan bir xil dasturchilardan unchalik farq qilmaydi.

Agar yuqorida aytilganlarning barchasini o’qib chiqqandan so’ng, siz hali ham mahsulot boshqaruviga kirishni istasangiz, unda omadingizni bersin!

Umumiy Dasturlash
Mahsulot menejeri kim, u nima qiladi va bu kasbni qanday qilib egallash mumkin?