LOVIYA
LOVIYA (Phaseolus) — dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar, lianalar, chala butalar turkumi; dukkakli don ekini. Tropik va subtropiklarda, asosan, Amerikada 200 dan ortiq turi uchraydi. Jahon dehqonchiligida Loviyaning oddiy Loviya (P. vulgaris) turi (vatani — Markaziy va Jan. Amerika) eng koʻp tapqalgan. Shuningdek, koʻpgulli Loviya, lima L. si, ingichka bargli Loviya, osiyo L. si, adzuki Loviya, guruchsimon Loviya va b. turlari ham ekiladi. Yer yuzida Loviya ekiladigan maydonlar 22 mln. ga (1999). Hindiston, Braziliya, Xitoyda katta maydonlarda yetishtiriladi. Oʻzbekistonda qadimdan oddiy Loviya ekiladi. Ildizi — oʻq ildiz, yaxshi rivojlanadi, tuproqqa 1,5—2 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanadi. Poyasi oʻtsi-mon, shoxlanadi, ayrim turlari chirmashib, 3—4 m gacha yetadi. Bargi murakkab, toq, patsimon, uch boʻlakli. Guli ikki jinsli, barg qoʻltiqlarida bittadan yoki shingil toʻplam hosil qilib joylashadi. Mevasi dukkak, rangi och pushti yoki toʻq jigarrang, kora. Dukkagida 6—12 ta urugʻ boʻladi. Urugʻi buyraksimon, rangi oq, sariq, pushti va b. rangda. 1000 donasi 50—370 g.
Ensiklopediya.uz
Loviya