Limon daraxtining shox – shabbasini butash va unga shakl berish to’liq malumot oling
Limondan mutasil moʼl hosil olish uchun daraxtlarni normal oziqlantirish, normal oʼsishi va rivojlanishini taʼminlash kifoya qilmaydi. Buning uchun shox – shabbasini doimo parvarish qilib borish kerak boʼladi. Bunda uning oʼsish tartibga solinadi va meva qilishi uchun zarur boʼlgan novdalari daraxtning yoshiga qarab siyraklatiladi, chillib, butab turiladi.
Mundarija
скрыть
Issiqxonadagi limon novdalari fevral oxiri yoki mart oyi boshlarida oʼsa boshlaydi. Bu narsa ob – havo sharoitiga, oʼsimlikning yoshi meva qilish darajasi va boshqa omillarga bogʼliq. Lekin ayni shu davrada havoning oʼrtacha sutkalik temperaturasi 120, tuproqning esa 90C boʼlishi kerak. Vegetatsiya davri mobaynida yosh limon daraxtlari beshtagacha oʼsuv davrini kechiradi, aksarilari oltinchi davrga ham kiradi – yu, lekin uni sovuq tushgunga qadar tugallay olmaydi. Shu boisdan, oxirgi chiqargan balki novdalar kesib tashlanishi kerak.
Fevralning ikkinchi oʼn kunligida shona paydo boʼladi. Havoning oʼrtacha sutkalik temperaturasi 18,3 – 21 %, tuproqniki esa 14,5 – 170 boʼlganda oʼsimliklar 25 – 28 kun davomida shonalaydi. Havoning oʼrtacha sutkalik temperaturasi 20,5 – 21,20 boʼlganda martning oʼrtalari – aprel boshlarida gul koʼrsatadi. Mart oyi oxirida qiygʼos gullab aprel boshida tugallanadi.
Аprelning oxiri – mayning boshlarida havoning oʼrtacha sutkalik temperaturasi 220 ga yetganda oʼsimlik mev tugish fazasiga kirib, uni iyuning birinchi oʼn kunligida (temperatura 25,40C boʼlganda) tugallaydi.
Shonalar barvaqt hosil boʼlganda esa meva beradigan tugunchalar miqdori oshadi va oʼsimlik meva elementlarining oziq bilan taʼminlay olmaydigan qisminigina toʼkadi.
Limon daraxti rivojlana boshlana boshlaganda vegetatsiya davri davomida vaqt – vaqti bilan uchidan oʼsadigan novdalar hosil qiladi. Dastlabki yilning oxirida qulay sharoitda novdada birin – ketin beshtagacha bachki paydo boʼladi, bularning farqi koʼzga tashlanib turadi. Birinchi bachki ikkinchisi va undan keyingilaridan sustroq boʼlib barglarining uzoq turishi bilan farq qiladi.
Keyinchalik, daraxtning oʼsish va rivojlanish davomida, shakl berish maqsadida oʼtkazilgan birinchi butashlardan soʼng birin – ketin yuqorisidan shoxlana boshlaydi, ularning soni asta – sekin koʼpayadi. Meva paydo boʼlishi jihatidan toʼrtinchi tartib shoxlanish oʼtkinchi hisoblanib, eng yuqori tartib novdalar asosan meva beradigan shoxlarga aylanadi.
Hosilga kirgan yosh limon daraxtlarida asosiy meva hosili oʼtgan yilgi shoxlarda (65,9 %) va bitta mevalik shu yilgi shoxlarda (28,4 %) paydo boʼladi. Daraxtning yoshi oshgan sari ularning miqdori kamayib boradi va mevalar asosan oʼtgan yilning bahorida oʼsib chiqqan novdalarda hosil boʼladi.
Limon daraxti hosilga kirgunga qadar ikki yillik shoxlar tabaqalanib meva va oʼsuv shoxlardan oʼsgan ikkinchi tartib novdalarning barg qoʼltiqlarida gul koʼrtaklari paydo boʼladi. Oʼsha novdalarning barg qoʼltiqlarida gul koʼrtaklari paydo boʼladi. Oʼsha novdalarning yuqori qismida toʼpgular hosil boʼladi. Pastki novdalarda ham birmuncha gullar rivojlanishi mumkin, lekin ularning koʼpchiligi shonaga aylangunga qadar toʼkilib ketadi va bir ozgina gʼoʼra hosil qiladi. Oʼtgan yilgi meva shoxlaridan oʼsgan ikkilamchi novdalar esa koʼp gullaydi va yaxshi meva qiladi.
Rivojlanish davrlarini oʼtab boʼlgan hosil shoxlari quriydi, ularning asoslarida esa shu vaqtga kelib oʼsuv novdalar paydo boʼldi. Ularni chilpib va butab ikkinchi yili meva shoxlariga aylantiriladi va soʼngra ular ikki oʼsuv novdali shoxlarga oʼxshatib rivojlantiriladi.
Oʼsimliklar oʼtqazilgandan keyin dastlabki ikki yilda toʼgʼri shakldagi shox – shabbaning asosiy shoxlarini vujudga keltirish muhimdir. Koʼpincha tanasi 10 – 15 sm li va 3 – 4 ta birinchi tartib baʼzan esa hatto ikkinchi tartib shoxli bir yillik koʼchatlar oʼtqaziladi.
Koʼchatlarni oʼtqazish oldidan ularning birinchi tartib shoxlarini 18 – 20 sm qoldirib (albatta yon koʼrtaklari ustidan) kesib tashlanadi, shakllangan ikkinchi tartib novdalarda har qaysisida esa ikkitadan birinchi tartib shoxlar qoldiriladi. Novdalar oʼsib 25 – 30 sm ga yetganda uchlari 2 – 3 ta barglar bilan chippiladi. Uchinchi va toʼrtinchi tartib shoxlarga ham shu tartibda shakl beriladi.
Koʼchatlar doimiy joyga oʼtqazilgandan keyin ikkinchi yili toʼla shakllangan oʼsimlik toʼplariga ega boʼlinib bularning shox – shabbasida toʼrtinchi va beshinchi tartib shoxlar boʼladi. Bu esa daraxtning hosilga kirishi uchun imkon beradi.
Limon daraxtiga keng oval shaklda shakl berish uchun, shu yilgi yosh novdalar va ancha eski shoxlar kesib tashlanadi. Oʼsuvchi novdalarni chilpish – chekanka qilish va ularni qisqartirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari shox – shabbaning ichida paydo boʼladigan koʼk bachki novdalari hamda boʼlturgi shoxlardan oʼsib chiqqan birinchi bachki novdalar kesib tashlanishi lozim.
Shox – shabba qalinlashib ketmasligi uchun har qaysi oldingi shoxda koʼpi bilan ikkita, eng kuchli shoxlarda esa uchtagacha novda qoldirishga ahamiyat berish kerak.
Novdalar siyraklatilgandan keyin shonalash va gullash davrida (8 – 10 ta pastki barglar paydo boʼlganda) birinchi marta chilpish oʼtkaziladi, novdalar yetilganda esa pastki beshinchi yoki oltinchi barglar qoldirilib tashqi koʼrtak ustidan kesib tashlanadi. Novdaning qolgan qismidagi 2 – 3 ta uchki koʼrtaklar esa oʼsa boshlaydi, bularda koʼpincha ikkita novda qoldiriladi.
Meyer limonida ikkinchi oʼsuv novdalarining koʼpi bilan qisqartirilganicha qoladi va ular meva novdalariga aylantiriladi. Bu novdalarning zaiflarini kesib tashlash, qolganlarini esa chilpimay qoldirish kerak. Chunki ular ikkinchi yili hosil qiladi.
Qolgan ikkinchi va undan keyingi oʼsuv novdalari butaladi va shunday uzunlikda novdalar paydo boʼlishiga qarab chilpiladi.
Mevalar terib olingandan keyin qishda oʼsimlik usa boshlashiga qadar asosiy butash ishlari oʼtqaziladi. Daraxtlardagi shoxlarning quriy boshlagan va shikastlangan qismi, shuningdek shox – shabbaning ichidagi eski shoxlarda paytdo boʼladigan zaif novdalar kesib tashlanadi. Meva qilgan joyining pastrogʼidan kesiladi.
Yoz kirishi bilan ertalabki soatlarda barglarning changi ora – chora yuvib turilishi kerak. Bu fotosintez protsessini bir meʼyorda borishini hamda barglarda borishini hamda barglarda zapas oziq moddalar toʼplanishini taʼminlaydi.
Biznes Tavsiyalar
Limon daraxtining shox – shabbasini butash va unga shakl berish