Laylatul qadir kechasi haqida sherlar to’liq malumot oling

Laylatul qadir kechasi haqida sherlar to’liq malumot oling

Quvonchdan koʼzimdan yogʼmoqdadir sel,

Seni uzoq kutdi eng bagʼrikeng el.

Ey manim ming oydan yaxshirogʼim kel,

Xis qilay baxt nadir, sakiynat nadir?

Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!

Sevmadi pok qalbim cherkov bongini,

Masjid band qilgan-chun moʼmin ongini,

Ramazon toʼkkandek qalbim zangini,

Seni intiq kutdim, libosim sabr,

Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!

«Rojdestvo»ni deya dard yutganim yoʼq,

Yohud «Xelluin»ni zor kutganim yoʼq.

Menga sanchilguncha ajal degan oʼq,

Qalbimni xushnud qil yutguncha qabr,

Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!

Xaqning marxamati bunchalar xam keng,

Barokatli oqshom qilmish seni eng.

Sakson uch yil birla boʼlibdirsan teng,

Baxtliman, bildimku Xaq ishqi nadir,

Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!

laylatul qadir kechasi haqida sherlar 1

Laylatul qadr kechasi

Islom
Laylatul qadir kechasi haqida sherlar

Оставьте комментарий