Lavlagi sharbati gipotoniyaga qarshi haqida malumot

Lavlagi sharbati gipotoniyaga qarshi haqida malumot

Qon bosimi past bo‘lgan, ya’ni gipotoniya xastaligiga chalingan bemorlar uchun eng yaxshi davo bu faol harakatlar (piyoda yurish, suzish va ochiq havodagi sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish), sifatli va to‘yimli ovqatlanish (jigar, tuxum sarig‘i, sut, sabzi tarkibida uchraydigan juda foydali vitaminlar C, B guruh vitaminlaridan B1, ayniqsa B3) ga e’tibor qilish hisoblanadi.

Gipotoniyani davolashda

Bundan tashqari har kuni 2 mahal 100 ml. dan yangi siqib olingan sabzi hamda sarxil ko‘k olma va lavlagi sharbatini ichish gipotoniklar uchun juda foydali. O‘z vaqtida dam olish haqida unutmagan holda kundalik ruhiy va jismoniy zo‘riqishlardan so‘ng qon bosimini hordiq chiqarish va uyqu hisobiga meyoriga keltirish mumkin. Ko‘pchilik insonlarda yo‘qotilgan kunlik energiyani qayta to‘plash uchun 7-8 soatlik uyqu yetarli darajada bo‘lsa, gipotoniklar uchun hatto, 10-12 soatlik uyqu ham kamlik qilishi mumkin.

Holsizlik, bosh og‘rig‘i bezovta qilsa…

Xalq tabobatida gipotoniyada, holsizlik, bosh og‘rig‘i va aylanishida rozmarin juda yaxshi yordam beradi. Buning uchun 1 choy qoshiq quruq bargni 2 stakan qaynoq suvga damlab, 1 soatga tindirib qo‘yiladi. Kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi.

Ko‘pchilik bemorlarga piyozdan tayyorlangan damlama ham yordam beradi. 2 ta katta bosh piyoz (tozalanmagan)ni olib 1 litr suvga 100 gr. shakar qo‘shib past olovda 15 daqiqa qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan damlamani kun davomida 0,5 stakandan iste’mol qilishi mumkin.

Soglom.uz nashri.

Kasalliklar
Lavlagi sharbati gipotoniyaga qarshi