LATISHLAR

LATISHLAR

LATISHLAR (oʻzlarini latviyeshi deb ataydilar) — xalq. Latviya Respublikasining asosiy aholisi (1390 ming kishi, 1990-y. lar oʻrtalari). Rossiyada (47 ming kishi), shuningdek, Litva, Estoniya, Belorussiya, AQSH, Kanada, Shvetsiya va Avstraliyada ham yashaydilar. Umumiy soni 1,54 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Latish tilida. soʻzlashadilar. Dindorlari, asosan, xristian protestantlar, Latgaliyada esa xristian katoliklar. Latishlar etnogenezi tili va madaniyati litvalarta juda yaqin. Latishlarning ajdodlari Latviya hududiga mil. av. 3—2-ming yillikda kelib joylashgan boltiq qabilalari hisoblanadi. Mil. 1-ming yillik boshida Boltiq dengizi boʻyida madaniy jiqatdan qardosh qabilalarning etnik uyushuvi sodir boʻlgan. Mil. 1-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida Latishlarda ilk mulkdorlik munosabatlari vujudga kelib, yagona latish elati shakllana boshlagan. Bu jarayon 12-a. oxiri — 13-a. boshida nemis — salibchilarining Latishlar yeriga bostirib kirishi natijasida toʻxtab qolgan. 16—17-a. larda Latviyaning bir qismi Rech Pospolita va Shvetsiya oʻrtasida taqsimlangan. 1525-y. latish tilida ilk kitob nashr etilgan. 19a. oʻrtalarida latish millati shakllangan. Latishlarning anʼanaviy mashgʻulotlari — dehqonchilik va chorvachilik, dengiz boʻyida — baliqchilik, toʻqimachilik, temirchilik, kulolchilik, yogʻochni qayta ishlash sanoati rivojlangan.

Ensiklopediya.uz
LATISHLAR