Kutubxonaga hurmat- kitobdan boshlanadi mavzusida matn yaratish

Kutubxonaga hurmat- kitobdan boshlanadi mavzusida matn yaratish

Do’stlaringiz bilan baham:

Kitob -aql chirog’i

Bir necha yil oldin ikkita do’st yashagan ekan. Birining ismi Muhammad, ikkinchisining ismi Maxmud ekan. Muhammad juda aqlli, bilimli, odobli bola ekan. Bo’sh vaqtlarida kitob o’qishni yaxshi ko’rar, ota-onasiga yordamlashar edi. Ota-onasi ham uni qo’llab quvvatlar, unga sharoit yaratib berar edilar.Bir kuni Muhammad do’stiga aytdi:

-Nimaga sen kitoblarni yaxshi ko’rmaysan, vaqtida darsingni qilmaysan, hamisha ustozlardan dakki eshitasan? Shunda Maxmud Muhammadga:

-Ota- onam hamisha menga o’qib kim bo’lar eding, olim bo’larmiding, deyishadi. Ularning bu so’zlarini eshitaverib o’qishdan ko’nglim sovib ketgan. Shunda Muhammad aytdi:

-Kel do’stim, kun ora biznikiga kelib tursang birgalikda dars tayyorlaymiz. Maxmud ham rozi bo’libdi va uyiga ketdi. Uyiga borib ota-onasidan ruxsat so’ragan edi, ular ruxsat bermishmabdi. Biz senga avval ham aytganmiz, bizga o’qishing kerak emas deyishdi. Shunda Maxmud xafa bo’ldi va yana o’qimasdan vaqtni bekor o’tkazibdi. Ikki do’st ulg’ayibdi. Muhammad hamma fandan yaxshi o’qigani uchun harbiy bo’ldi va Vataniga xizmat qildi. Maxmud esa yomon yo’ldan ketibdi. Uning ota-onasi pul topsin deb uni Suriyaga jo’natishibdi. U jang qilaman deb halok bo’libdi. Ota- onasi uni bekor o’qishdan qaytarganini tushunib yetibdi. Qissadan hissa shuki, doim kitob o’qishimiz kerak. Kitobga do’st tutinsak bilimli bo’lamiz.

Mehriniso FARHODOVA,

Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumani

32-son umumta’lim maktabining 5-sinf

o’quvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Bo’limlar

  • Adabiyot (13)
  • Agrosanoat (5)
  • E’lonlar (14)
  • Madaniyat (9)
  • Sport (9)
  • Ta’lim (55)
  • Tarix (9)
  • Umumiy o’rta ta’lim (61)
  • Ustozlar ilhomi (18)
  • Yangi kitoblar (14)
  • Yangiliklar (48)
  • Yoshlar ijodi (10)

«Xorazmnoma.uz» elektron nashri OAV sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ro’yxatga olngan.

Guvohnoma: 1445.

Berilgan sanasi: 8.09.2021 yil.

«Xorazmnoma.uz» saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʼchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.

Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular tahririyat nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Ⓣ – maqola va materiallarda qoʼyilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

Yangi xabarlar

  • Табиатни асраш — инсониятни асраш демак
  • “Контрафактсиз ой” тадбирлари доирасида: Инсон соғлиги муҳим
  • Анъанавий ўзбек либосларининг сеҳри ва нафислиги: Тошкентда миллий либосларнинг ноёб намуналари намойиш этилди
  • Наврўз —янгиланиш ва яшариш байрами
  • Тиниқ туйғулар куйчиси
  • Giyohvandlik – asr vabosi
  • Ma’rifatli jamiyat sari…
  • Йирик давлат арбоби ва саркарда – Заҳириддин Муҳаммад Бобур.
  • Ким кўрубтур, эй кўнгул, аҳли жаҳондин яхшилиғ…
  • Yosh iste’dodlar

Kutubxonaga hurmat- kitobdan boshlanadi mavzusida matn yaratish.

Esimda o’sha damlar. Tashqari ga chiqsam sovuq burun, yuz-kuzlarimni chimchilayotganday seskanar edim. Oyim tashqariga chiqma shamollab qolasan deb tashqariga chiqarmaslik niyatidami chaqirib olib oldimga bir ikkita rasmli kitoblarni quyib quyardilar. Mana qaragin rasmlarda kimlarni kuryapmiz? Bu bizning oila. Mana bu buving, bu bobong, gazeta uqiyapkan dadang, seni kiyimlaringni taklayapgan men ,sen menga yordam beryapsan, uyinchoq o’ynayotgan ykajoning deb tushuntirar edilar. Kitobdagi rangli rasmlarga qiziqish bilan qarab turar edim.Ikki, uch kunda uydagilar kitobimni yangilab turar edilar. Dadam daftar, ruchka, rangli qalamlar olib kelib berar edilar. Turli shakllarni o’zimcha kitobga qarab chizar edim.Dadam menga bir shkaf olib kelib, bu senga dedilar. Bu nima, nima qilaman deb savollar bera boshladim. Ona qizim ,kitobxon qizim,bu seni kitob daftarlaringni uyi. Qani kitob, daftarlaringni endi manashu shkafga chiroyli qilib joylaymiz deb joylashga yordam berib yubordilar. Kitoblarim sekin asta ko’paya boshladi. Mendan ikki yosh kichik ukam ham men bilan kitob, ruchka, daftar talashib kuradigan buldi. Qushni o’rtoqlarim chiqsa meni kitoblarimni uyi bor deb ,kursatib maqtanar edim.Kitoblarimni birma bir olib rasmlarini kurib chiqar edik. Bir kuni o’rtog’im oyisini biznikiga boshlab chiqibdi. Qarang menga ham shunaqa kitoblar uyi kilib bering deb ko’rsatgani olib chiqibdi. O’rtog’im ham jovon oldirib kitoblar bilan tuldira boshladi. Bir birimiznikiga chiqib kitoblarimizni maqtanishar edik. Maktab yoshiga yetib maktabga ham chiqdik .Ustozimizni kitob haqidagi ugitlari yanada turtki buldi shekilli yanada kitobga mexr qo’ydik. Ustozimiz qani kim aytadi uyingizda kitoblar bormi? Ha bor deb irg’ib turib javob berdik.Ustozimiz saboqlaridan biz uqish, yozishni urganib oldik.Savodimiz chiqqach ,ustozimiz bizni maktabimizdagi kitoblar turadigan joy bilan tanishtirdilar. Bu yer maktabimizning kitoblari turadigan joy. Bu yer kutubxona deb tanishtirdilar.Sevinchim ichimga sig’may ustoz bizning uyimizda ham kutubxonamiz bor, dadam qilib berganlar dedim. Kichikroqda, mayli men ham kitoblarimni kupaytirib katta kitobxona qilaman deb o’zimga o’zim va’da bergandim. Mana kitoblarim bisyor. O’rtoqlarim bilan bo ‘sh vaqtimizni manashu kitobxonamizda o’tkazamiz.

Meni kitobdan kutubxonaga bulgan mexrimni oshirishda o’z hissalarini qo’shgan ota -onamga, ustozlarimga ta’zim qilaman.

Kitob bugo’zal qalb

Kitob aql chirog ‘I, tugalmas boylik bu!

Undan sira ketolmasman,

Ta’rifiga aslo yetolmasman.

Hurofotlarni ulamolarimiz aqlu zakovatlari bilan yenganlarku. Madomiki shunday ekan muxtaram Prezidantimizga, vatanimizga qalb nurimiz zakovatimiz bilan xizmat qilishga vada beramiz!!

Kitob aql chirog’I”

KITOB AQL CHIROG’I”
Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da boʻlib oʻtgan “Yosh kitobxon” respublika tanlovi, nafaqat eng zukko va bilimdon kitobxonlarni aniqlovchi tanlov balki, barcha yurtdoshlarimiz uchun maʼnaviyat sarchashmasi, insonlarning ong va tafakkurini boyituvchi, ruhiyatiga ozuqa beruvchi, yuksak saviyada oʻtkazilgan katta bayram tantanasi boʻldi. Yilning eng nufuzli loyihalaridan biri boʻlgan ushbu tanlov, joriy yil yana oʻzining eng yaxshi kitobxonlari va bilimdonlarini kashf etdi.
— Ona tabiatni oftob isitsa, inson qalbini kitob ilitadi, — deydi Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari Dilnozaxon Kattaxanova. — ­Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning toʻrtinchisi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishdan iborat. Yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanloviga 2017-2020-yillar davomida 2 million 470 ming nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Bugungi kunga qadar tanlovning respublika bosqichida 164 nafar yigit-qiz ishtirok etdi va shundan 8 nafar tanlov gʻoliblari Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomashinasini sovrin sifatida qabul qilib oldi. Bu yil tanlovning respublika bosqichi doirasida ilk bor nishonlanayotgan “Kitobxonlik haftaligi” ham oʻziga xos ruhda oʻtkazildi. Gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibiga ham oʻzgartirishlar kiritildi. Avvalgi yillarda ikkinchi oʻrinni egallagan gʻolibga kompyuter jamlanmasi, uchinchi oʻringa 200 dona kitob sovgʻa qilingan boʻlsa, bu yil mos ravishda 30 million va 15 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Darhaqiqat, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, ularning badiiy savodxonligini yana-da oshirish va mutolaa muhitini shakllantirishda mazkur tanlovning oʻrni beqiyos. Shu bois, unda ishtirok etuvchilarning soni yildan-yilga koʻpayib bormoqda. “Yosh kitobxon” tanlovi 10-14, 15-19, 20-30 yoshlar toifasida toʻrt bosqichda tashkil etildi. Tanlovda ishtirok etish uchun 300 ming nafarga yaqin yosh onlayn ariza topshirdi.
Har bir hududdan 3 nafar yosh toifasi boʻyicha bir nafardan, jami 42 nafar gʻolib poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da oʻtkazilgan respublika final bosqichida 5 ta “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob”, Sheʼriyat”, “Buyuk mutafakkir va adib”, “Erkin ­mavzu” shartlari asosida oʻzaro bellashdi.
Tanlovning 10-14 yoshlilar orasida birinchi oʻringa Muhammadfozil ­Ismoilov (Fargʻona viloyati), 15-19 yoshlilar orasida Maftuna Umarova (Toshkent shahri), 20-30 yoshlilar orasida esa andijonlik Fotima Mamataliyeva munosib deb topildi.
— “Yosh kitobxon” Respublika tanlovi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan kitobxonlarni ragʻbatlantirish, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida oʻtkazilayotgan tanlov boʻlib, toʻrtinchi marotoba oʻtkazildi, — deydi filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov. — Men toʻrt yil davomida shunga amin boʻldimki, yildan-yilga yosh kitobxonlarning saviyasi, dunyoqarashi, fikrni ifoda etish tarzi koʻp jihatdan ijobiy tarafga oʻzgarmoqda. Tanlovning Nizomi takomillashib borayotganini ham alohida taʼkidlashni istardim. Deylik, bu yil ishtirokchilar 2 ta yangi shart boʻyicha ham bellashdilar. Ularning javoblarini tinglar ekanman, bugungi kitobxonning maʼnaviy saviyasi nihoyatda yuksalib borayotganligidan mamnun boʻldim. Mazkur tanlov kelajakda, albatta, oʻzining ijobiy natijasini beradi. Binobarin, oʻtgan yili gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ikki nafar yosh kitobxon qoraqalpogʻistonlik Shahzoda Karimboyeva hamda samraqandlik Mohiniso Shomurodova bu yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan ham taqdirlandi. Bu, tanlov, yoshlarga maʼnaviy quvvat, ragʻbat, kuch va eng asosiysi, qalb tozaligi va fikr teranligini beradi.
Ha, kitob qalb chirogʻi, tafakkur qanotidir. Zero, kitob — insonning eng yaqin doʻsti, maslahatchisi, fikrlash quroli, tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni aziz, moʻtabar va muqaddas deb biladi.
Maftuna UMAROVA, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich talabasi, tanlov gʻolibi:
— Qalbimdagi quvonch va cheksiz baxtiyorlik hissini hozir til bilan ifodalashga ojizman. Faqat bir narsani baralla aytishim mumkin: kitob oʻqish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochguvchi omad kalitidir. Bugun yana bir bor ilm-fan Vatanining farzandi ekanligimdan va bizga gʻamxoʻrlik koʻrsatuvchi davlatimiz rahbari borligidan mamnun boʻldim. Bu tanlov barcha tengdoshlarim qatorida oʻzimga boʻlgan ishonchni mustahkamlash barobarida yana-da koʻproq kitob mutolaa qilishga, izlanishga undaydi. Olgan mukofotim yoki gʻolibligim uchun emas, koʻproq onamning yuz-koʻzlarida aks etgan shodlik uchqunlari, Oʻzbekiston degan hur va ozod diyorda tugʻilganim uchun shukronalar keltiraman. Bu yuksak ishonchni oqlash uchun yana-da koʻproq harakat qilaman.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Qiziqarli malumotlar
Kutubxonaga hurmat- kitobdan boshlanadi mavzusida matn yaratish