KUROPATKIN Aleksey Nikolayevich

KUROPATKIN Aleksey Nikolayevich

KUROPATKIN Aleksey Nikolayevich (1848.17.3 — Pskov gubervasi — 1925.16.1) — Turkiston gen.-gubernatori (1916—17), gen.-adyutant (1902). Kuropatkin 1898—1904-y. lar harbiy vazir, rus-yapon urushi (1904—05) da Manjuriya armiyasi qoʻmondoni; Uzoq, Sharq qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni (1904—05). Kuropatkin harbiy layoqatsizligi, jurʼatsizligi, doimiy ikkilanishi, qoʻl ostidagilarga ishonchsizligi — rus-yapon urushi (1904—05) da Rossiyaning magʻlubiyatga uchrashining asosiy sabablaridan biri boʻlgan. 1-jahon urushida armiya va Shim. front qoʻmondoni (1916), Oʻrta Osiyoni bosib olishda qatnashgan, Turkistonda turli lavozimlarda xizmat qilgan (1866-71, 1875-77, 1879-83). Oʻrta Osiyo qoʻzgʻoloni (1916)ni krnga botirishga rahbarlik qilgan. Kuropatkin harbiy-tarixiy va harbiygeografik asarlar muallifi. 1917-y. dan umrining oxirigacha Pskov gubervasida yashab, oʻqituvchilik qilgan.

Ensiklopediya.uz
KUROPATKIN Aleksey Nikolayevich