KUNXOʻJA

KUNXOʻJA

KUNXOʻJA Ibrohim oʻgʻli (1799—1880) — qoraqalpoq shoiri. «Oʻroqchilar», «Oq qamish», «Choʻponlar» sheʼrlarida qoraqalpoqlar hayoti, turmush mashaqqatlari, yaxshi kunlar kelishi toʻgʻrisidagi orzu-umidlar aks etgan. «Boy bolasi», «El bilan», «Mening bolam» kabi sheʼrlarida ijtimoiy ziddiyatlar, adolatsizlik ochib berilgan, in-sofsiz, muruvvatsiz shaxslarning kirdikorlari fosh qilingan. «Unutmasman», «Tuya ekansan», «Kun qayerda» asarlari qoraqalpoq mumtoz sheʼriyatining eng yaxshi namunalaridan hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
KUNXOʻJA