KUNGABOQAR KAPALAGI

KUNGABOQAR KAPALAGI

KUNGABOQAR KAPALAGI, kungaboqar kuyasi (Homoeosoma nebulella Hb.) — parvova kapalaqlar oilasiga mansub kapalak, kungaboqarumtg xavfli zararkuvandasi. Yevropa, Kichik va Janubi-Sharqiy Osiyo, Gʻarbiy Sibir, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda uchraydi. Qanotlari yoyilganda 20—27 mm, oldingi kanoti och kulrang, qanotining oʻrtasida 4 ta qora rang nuqtasi bor; keyingi qanoti oldingisinikiga qaraganda kengroq, oqish, qanotining tomirlari qoramtir. Qurtining oʻz. 17 mm, och kulrang, tanasining ustki tomonida 3 ta jigarrang chizigʻi bor.

Ensiklopediya.uz
KUNGABOQAR KAPALAGI

Оставьте комментарий