KUMIJIYLAR
KUMIJIYLAR — Oʻrta Osiyodagi qad. togʻli viloyat — Kumed aholisi. Ptolemeynnt yozishicha, mil. av. 1-a. da Baqtra sh. dan boshlangan karvon yoʻli shim. da «Komedlar togʻli oʻlkasi»da Sugʻdiyonaga boradigan boshqa yoʻl bilan kesishgan. Syuan Szanta koʻra, Kyumito yoxud Kyumichje togʻli viloyati gʻar-bda — Xuttalon, jan. da — Shugʻnon, jan.gʻarbda — Panj daryosi bilan chega-ralangan. 7-a. ning 1-yarmida Kumed Xuttalon tarkibida boʻlib, maʼmuriy markazi Vashgird sh. boʻlgan. Kumed viloyatida urta asrlarda Kumijiylar qabilasi yashagan. Ular jasur va jangovar boʻlib, chorvachilik va talonchilik bilan shugʻullangan. Kumijiylarning koʻplab yer-mulklari, qishloqlari bor edi (shaharlari boʻlmagan). Ular Sagʻoniyon va Xuttalon hukmdorlariga tobe boʻlib, ularga harbiy yordam berib turishgan. 11-a. da qoraxoniylarlan Boʻritegin gʻaznaviylarga qarashli Xuttalon va Vaxshni Kumijiylar yordamida bosib olishgan. Birok, 1038-y. bu viloyatlarni qaytarib berishga va Kumijiylar mamlakatiga qaytishga majbur boʻlgan. Kumed hududi tarixning turli bosqichlarida oʻzgarib turgan. Antik davrda «Komedlar mamlakati»ga qad. karvon yoʻli boʻylab choʻzilgan togʻli viloyatning barcha yeri kirgan. Denov yoki Xolchayondan boshlangan yoʻl Pomirning tepasidagi Olay tekisligigacha borgan. «Kumedlar» yoki «Kumijiylar» deganda oʻsha davrda bu hududda, shuningdek, Gʻarbiy Pomir yon bagʻirlarida yashagan barcha koʻchmanchilar tushunilgan. Kushonlar davrida ular oʻz yerdarida yashab, shim. dan kelgan yuyechji qabilalari bilan qisman aralashib ketishgan. Ilk urta asrlarda Kumed xududi birmuncha cheklangan boʻlib tarkibiga Qorategin, Sagʻoniyon va Xuttalonning shim. da joylashgan togʻli viloyatni, shuningdek, Darvoz va ehtimol Rushonni qamrab olgan. Kumijiylar 5—6-a. larda shim. dan kelgan yangi koʻchmanchilar, dastlab xioniylar, soʻngra eftaliylar va turkiylar tomonidan siqib chiqarilgan. Keyinchalik turkiy qavmlar mahalliy Kumijiylar bilan aralashib ketgan. «Tanshu» dagi maʼlumotga koʻra, 719-y. Kumedning turkiylarning yanto qabilasidan boʻlgan hokimi Valoyan Xitoy imperatoriga noma yoʻllab, unda arablardan shikoyat qilgan, arablar uning mulkini talontoroj qilib, xalqi boshiga katta oʻlpon solganini yozgan. 7-a. da Xitoyda «Kumedlik erkin (sayyor) musiqachilar» xalq orasida mashhur boʻlgan. 10-a. da somoniylar davrida Kumijiylarning ayrim qabilalari islomni qabul qilib ilgarigi yashash joylari — Surxondaryo va Kofarnihon daryolarining yuqori oqimidagi togʻlar va vodiylariga kelib oʻrvashganlar, biroq Sagʻoniyon va Xuttalon hokimlari qoʻl ostida boʻlishgan.
Ensiklopediya.uz
KUMIJIYLAR