KUKUN METALLURGIYASI

KUKUN METALLURGIYASI

KUKUN METALLURGIYASI — metallurgiyattg metall va metallmas kukunlar i. ch. va ulardan buyumlar tayyorlash sohasi. Metall bilan metallmas materi-allar kukunidan tayyorlanadigan ma-teriallar metallokeramik qo-tishmalar, metall kukunidan tayyorlanadigan materiallar esa kukun q o – tishmalari deb ataladi. Metall kukunlardan buyumlar tayyorlash prin-sipini dunyoda birinchi marta 1826-y. da rus metallurglari P. G. Sobolevskiy va V. V. Lyubarskiy yaratishdi; plativa kukunini presslab va pishirib buyum tayyorlashgan. Keyinchalik rus olimi N. N. Beketov 1865-y. da baʼzi metallar kukunini olishning nazariy asoslarini bayon kildi. 20-a. ning boshlariga kelib Kukun metallurgiyasi usullari AQSH, Germaniya, Angliya, Rossiya sanoatlarida qoʻllanila boshlandi.

Ensiklopediya.uz
KUKUN METALLURGIYASI