KUCHAN-MASHHAD VODIYSI

KUCHAN-MASHHAD VODIYSI

KUCHAN-MASHHAD VODIYSI — Erondagi tektonik botiq, Kopetdogʻ togʻlarini Turkmaniston-Xuroson togʻlarining markaziy tizmalaridan ajratib turadi. Atrek va Kashafrud daryolarining vodiylari va ular oraligʻidagi yassi suvayirgʻich (bal. 1350 m), shuningdek, unga tutash togʻ oldi tekisliklarini oʻz ichiga oladi. Oʻz. 275 km, eni 15—30 km. Prolyuvial-allyuvial jinslardan tashkil topgan, seysmik faol zona. Yiliga oʻrtacha 200 mm yogʻin yogʻadi. Togʻ oldi landshafta xos. Vohalarda Mashhad, Kuchan, Shirvon sh. lari joylashgan. K. M. v. Eronning shim,-sharqiy qismidagi asosiy dehqonchilik r-ni. Paxta ekiladi, sabzavot va donli ekinlar yetishtiriladi, koʻplab bogʻ va tokzorlar bor.

Ensiklopediya.uz
KUCHAN-MASHHAD VODIYSI

Оставьте комментарий