KSENOBIOTIKLAR

KSENOBIOTIKLAR

KSENOBIOTIKLAR (yun. xenos – betova) — tirik organizmlar uchun yot, begona boʻlgan turli-tuman organik birikmalar. Odamning xoʻjalik faoliyati natijasida vujudga kelgan va moddalar aylanishining biologik davrasi bilan bogʻliq kimyoviy moddalar. Boʻlarga pestitsidlar, maishiy kimyo preparatlari, har xil dori-darmonlar, kir yuvish vositalari, mineral oʻgʻitlar va b. kiradi. Ksenobiotiklar atrof muhitga koʻp mikdorda tushganda tirik organizmlarga haloqatli taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ksenobiotiklar organizmda turli allergik kasalliklar va irsiy oʻzgarishlar paydo qilishi, immunitetni susaytirishi va b. oqibatlarga olib kelishi, tabiiy sistemalarda boradigan jarayonlarga ham taʼsir etib, ularni izdan chiqarishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
KSENOBIOTIKLAR

Оставьте комментарий