KROMLEX
KROMLEX (bretoncha crom — doyra va lech — tosh) — neolit va, asosan, jez davriga oid megalitik inshootlarning bir turi. Bal. 6—7 m gacha boʻlgan yirik tosh ustunlar ustiga tosh taxtalar qoʻyilib, (aylanadoira) shaklida qurilgan (diametri 100 m gacha), ichiga dolmenlar va mengirlar oʻrnatilgan. Kromlexlar quyoshga sigʻinish bilan bogʻliq boʻlib, quyosh ibodatxonasi qasri sifatida xizmat qilgan. Kromlex Osiyo va Amerikada keng tarqalgan. Qrim va Kavkazda Kromlex namunalari saqlangan.
Ensiklopediya.uz
KROMLEX