KRESTYANLAR ARMIYASI

KRESTYANLAR ARMIYASI

KRESTYANLAR ARMIYASI — Rossiyadan koʻchirib keltirilgan rus mujiklaridan Jalolobodsa tuzilgan armiya (1918—20). Jalolobod va Oʻshdagi rus qishloqparining aqolisi chor Rossiyasi davrida koʻchib keltirilgan rus krestyanlaridan tashqil topgan boʻlib, 1918-y. koʻzida ularga sovet hokimiyati oʻzlarini himoya qilish uchun qurol-yarogʻ tarqatgan. Turkiston Respublikasi harbiy komissari K. Osipov 1918-y. dek. da Fargʻovada Krestyanlar armiyasi rahbarlari bilan uchrashadi. Polkovnik K. Monstrov boshchiligidagi Krestyanlar armiyasi dastlab, qizil askarlar va dashnoklar qatorida turib tinch aholini qirishda qatvashdi. Ularning Fargʻova vodiysidagi Bozorqoʻrgʻon, Oyim, Qoʻqonqishloq va Suzoq qishloqlarida tinch aholiga nisbatan qilgan xunrezliklari bunga dalildir. 1918-y. ning oxiri va 1919-y. ning bo-shida bu toʻrtta yirik qishloq butunlay yakson qilindi, barcha aholi esa qirib tashlandi. Biroq bolsheviklar yuritayotgan siyosat K. a. rahbarlariga yoqmayotgan edi. Chunki ular xususiy mulkning tugatilishi, gʻalla monopoliyasi va sovet rejimining boshqa tadbirlariga qarshi edilar. Buning ustiga koʻchib kelingan vaqtda tub xalqlardan tortib olingan yer-suvni sovet hokimiyati musodara qilayotgan edi.

Ensiklopediya.uz
KRESTYANLAR ARMIYASI