KREML

KREML

KREML, Moskva kremli — RF ning poytaxti Moskva sh. ning eng qad. qismi, qalʼasi. Moskva daryosining chap qirgʻogʻida, Neglinvaya daryosi unga quyiladigan joydagi Borovisk tepaligida kichik bir istehkom sifatida yuzaga kelgan (11 — 12-a. lar, 1,5 ga atrofida). Bu istehkom-qalʼa qadimda «gard» yoki «grad Moskva» deb atalgan, 14-a. dan Kreml nomini olgan. Bu yerda knyaz Yuriy Dolgorukiy buyrugʻi bilan 1156-y. da qurilgan «shahar» — istehkom esa, avvalgi qalʼa hududidan 5—6 barobar kengroq maydonni tashqil etgan va yogʻoch devor bilan oʻralgan. Moʻgullar hujumi davrida (1237) Kreml vayron qilingan. Kremlning keyingi taraqqiyoti knyazlikning, keyinchalik esa, markazlashgan rus davlatining poytaxti boʻlgan Moskvaning rivoji bilan bogʻlanib ketgan. Devor va minoralari dubdan (1339 — 40, mayd. 18 ga boʻlgan) va oq toshdan (1367, «oqtoshli Moskva» deb ham atalgan), keyinchalik gʻishtdan qayta qurilgan (1485—95, mayd. 27,5 ga). Hoz. tarhi uchburchaksimon (maydoni taxm. 28 ga). Devorining oʻz. 2 km dan ortiq, qalinligi 3,5—6,5 m, bal. 5—19 m dir.

Ensiklopediya.uz
KREML