KRASNISKIY Gennadiy Aleksandrovich

KRASNISKIY Gennadiy Aleksandrovich

KRASNISKIY Gennadiy Aleksandrovich (1940.27.8, Toshkent — 1988.12.6, Qoʻrgʻontepa, Tojikiston) — futbolchi, sport ustasi (1962). Toshkentning «Paxtakor» futbol jamoasi safida (1959— 68) mamlakat birinchiligi oliy tabaqasi uchrashuvlarida 102-marta toʻp kiritgan. Sobiq Ittifoq milliy va olimpiya terma jamoalari tarkibida oʻynab, 37-marta toʻp urgan. Jan. Amerikada oʻtkazilgan xalqaro uchrashuvlar haqida «Rio-deJaneyrodan Montevideogacha» degan kitob yozgan (1964). Krasniskiy

Ensiklopediya.uz
KRASNISKIY Gennadiy Aleksandrovich