KRAKATAU

KRAKATAU

KRAKATAUZond boʻgʻozida joylashgan harakatdagi vulkan, Indoneziyaning Yava va Sumatra o. lari oraligʻida. Mayd. 10,5 km2 ga teng orolni vujudga keltirgan. Bazalt, andezit va riolitlardan tashqil topgan. Eng baland joyi 813 m. Vulkan ogzining diametri 4 — 5,5 km. 1883-y. avgustda juda kuchli otilgan, vatijada vulkan konusining katta qismi qoʻporilgan va katta (18 km2 dan ortik) hududni vulkan koʻli qoplagan. Vulkan otilishi natijasida yuzaga kelgan dengiz toʻlqini atrofdagi orollarning koʻplab aholisini halok boʻlishiga sabab boʻlgan. Soʻnggi marta 1972 — 73 y. larda otilgan. Krakatau qoʻriqxonasi tashqil etilgan.

Ensiklopediya.uz
KRAKATAU