KOXTLA-YARVE

KOXTLA-YARVE

KOXTLA-YARVE — Estoniyaning shim.-sharqidagi shahar (1946-y. dan). Tallinn — Sankt-Peterburg t. y. magistrali — Fin qoʻltigʻi sohili oraligʻida. T. y. stansiyasi. Aholisi 74,7 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Slanes kazib olish va slanes kimyosi sanoati markazi. Qurilish materiallari va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Torf briketlanadi. Mebel f-kasi, yengil, oziqovqat sanoati korxonalari, slanes muzeyi, Estoniya davlat badiiy muzeyi bor.

Ensiklopediya.uz
KOXTLA-YARVE