KOVSH

KOVSH

KOVSH — 1) metallurgiyada — eritilgan metall, shlak va shteynlarni qisqa muddat saqlash, tashish hamda qoliplarga quyishda ishlatiladigan poʻlat yoki choʻyan idish. Metall va shteynlar uchun ishlatiladigan Kovshning ichi oʻtga chidamli gʻisht bilan terib chikiladi. Kovshning 60 kg gacha sigimli dasta-ki, 120 kg sigʻimli osma relslar-monorelslarda tashiladigan, 500 t gacha sigʻimli koʻprik kranlar yoki t. y. aravalarda tashiladigan turlari bor. Alyuminiy sanoatida metallni elektroliz vannalarda olish uchun vakuum K. lari ishlatiladi;

Ensiklopediya.uz
KOVSH