KOSTYUSHKO

KOSTYUSHKO

KOSTYUSHKO (Kosciuszko) Tadeush (1746-1817) – 1794-y. dagi Polsha qoʻzgʻoloni rahbari. Kostyushko Varshava Ritsarlik maktabi (1765—69) da, Parij harbiy akademiyasi (1769 — 74) da oʻqigan; 1774-y. da Polыlaga qaytib kelgan. K. Shim. Amerikada mustaqillik uchun boʻlgan urush qatnashchisi (1775—83). Polanes universal i (barshchinani kamaytirgan, dehqonlarga shaxsiy erkinlik vaʼda qilgan)ni nashr etgan (1794). K. Matseyovitsa boʻsagʻasidagi jangda yaralangan va podsho qoʻshinlari tomonidan asirga olinib, Petropavlovsk qalʼasiga qamalgan. 1796-y. da 12 ming polyak asirlari katorida uni podsho Pavel I ozod qilgan. U AQSHda va Parijda yashagan (1798). K. Napoleon va Aleksandr ularning polyak legionlariga qoʻmondonlik qilish taqliflariga rad javobini bergan. Kostyushko polyak xalqining mustaqillik uchun kurash dasturini tuzgan (1800). K. Shveysariyada vafot etgan, jasadining kuli Krakov sh. ga keltirilgan. Kostyushkoga Polsha va AQSHning koʻp shaharlarida haykallar qoʻyilgan. Avstraliyaning eng baland togʻi — K. nomi bilan atalgan.

Ensiklopediya.uz
KOSTYUSHKO