Koronavirus bilan kasallangan odamni qachon sogʻlom deb hisoblash mumkin? to’liq malumot oling
Bir necha oylik pandemiyadan soʻng, ilmiy jamoatchilikning COVID -19 ga boʻlgan qarashlari tez oʻzgarmoqda.
Mundarija
скрыть
Olimlarning fikricha, COVID-19 kasalligiga uchragan odamlar uni keltirib chiqaradigan virusga qarshi immunitetga ega boʻlishadi. Ular bu himoya qancha davom etishini bilmaydilar — bir necha oy, bir necha yil yoki butun hayoti davomida.
Immunitetning davomiyligi qoʻzgʻatuvchiga bogʻliq, viruslar gripp virusi kabi shunchalik tez mutatsiyaga uchrashi mumkinki, qayta infeksiyalashda himoya antitanachalari ularni tan olmaydi.
Xitoy tadqiqotchilarining maʼlum qilishicha, ular 6 ta maymunga kasallik yuqtirib, ularning tuzalishiga imkon berishgan. Soʻng, birinchi infeksiyadan 28 kun oʻtgach, ularning 4 tasi qayta zararlangan. Ularning hech biri qayta kasal boʻlmadi, bu immunitet tizimi ularni ikkinchi infeksiyadan himoya qilganligini anglatadi.
Tadqiqotga koʻra, odamda hech qanday alomatlar kuzatilmasa ham virus parchalari saqlanib qolishi mumkin. Bu odamlar hali ham kasal yoki kasallik yuqtiradi degani emas.
Klinik shifokorlar kasallikdan tiklanish nimani anglatishi haqida turlicha qarashlarga ega, chunki uzoq muddatli maʼlumotlar yoʻq.
Yoki bemorlarda ketma-ket 3 kun davomida isitma yoʻqligi va boshqa alomatlar yaxshilanishi, shu jumladan yoʻtalish va nafas qisilishi kamayishi kerak. Simptomlar birinchi paydo boʻlgan paytdan boshlab kamida 10 kun oʻtishi kerak.
Ammo virusga qarshi topshirgan testi manfiy chiqqan ayrim bemorlar baʼzi alomatlar, masalan, taʼm va hid yoʻqolishi yana bir necha oy davom etishi mumkinligini aytishdi.
manba:yuz.uz
Kasalliklar
Koronavirus bilan kasallangan odamni qachon sogʻlom deb hisoblash mumkin?