Ko‘p terlash azobidan holi bo‘lish haqida malumot
Statistik ma’lumotlarga qaraganda sayyoramizning 90% aholisi hipergidrozdan aziyat chekadi. Aslida insonning terlash jarayoni, sog‘lomlikdan, organizmning barcha xujayralari to‘liq ishlayotganidan dalolat beradi. Lekin, temir moddasining meyordan oshishi, meyordan ko‘p terlanish va hidlanish, organizmning ichki va terining tashqi kasalliklaridan darak beradi. Bizda, ya’ni o‘zbeklarda, endokrinolog xuzuriga bunday muammo bilan borish ko‘pincha uyat sanaladi. Hech bo‘lmaganda, shu shifokorda men xaqimda nojo‘ya hidli odam ekan degan fikr tuyulmasin deya, uning xuzuriga bormay qo‘ya qolinadi, kasallikni o‘z bilganicha dezdorant yoki boshqa kimyoviy moddalar asosida xal qilishga uriniladi. Muammoni bu usulda xal qilish o‘ta xavfliligi bilan birga, boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqarish ehtimoli mavjudligini xatto o‘ylab ham ko‘rilmaydi. Shu masala yuzasidan biz ba’zi endokrinolog maslahatlariga quloq tutishga qaror qildik.
Kunlar isishi bilan, yoningizda turgan odamning, rangli ko‘ylaklar kiyganda qo‘ltiq tagida terlanishning asoratlari yoki bo‘lmasa oyoq xidlanishini sezish juda noqulay, agar bu holat o‘zingizda yuz bersa undanda hijolatli xolat. Ko‘pchilik, kundalik gigiyenaga amal qilish, masalaning yechimi deya qaraydi, to‘g‘ri, gigiyenaga so‘zsiz amal qilmoq lozim, lekin bu muammo yechimi emas. Terlash va uning hidi bilan kurashishdan avval, u bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish darkor. Asl muammo sababi topilgandan so‘ng esa, kasallikni xatto uy sharoitida ham davolash mumkin. Keling kasallikni kelib chiqish sababliriga to‘xtalamiz.
Terlanishning turlari va uning hidlanish sabablari
Tibbiyot,terlanish va uning hidlanish sabablarini ikki turga bo‘ladi, ularning xar ikkisi ham paydo bo‘lishining ma’lum sabablari asosida, inson organizmida shakllanib boradi.Agar sizda, jismoniy xarakat, mashq yoki qandaydir bosim (hayojon, qo‘rquv) dan kuchli terlanish hosil bo‘lsa bu gipergidroz emas, aksincha organizmning bu xarakatlarga nisbatan normal reaksiyasi sanaladi. Lekin terlanish butun badan bo‘ylab emas, qo‘ltiqostida,oyoq yoki yuzda, ob havo va inson xaroratining normal xaroratida paydo bo‘lsa, unda bu organizmda moddalaralmashunuvida ro‘y berayotgan xatolikdan dalolat beradi va Gipegidroz kasalligi deya ataladi.
Haddanziyod terlanishning ikki turi mavjud – birlamchi gipergidroz (muayyan mavjud), ikkinchi turi (umumiy).Birinchi tur kasallik tibbiy nuqtai nazardan mavjud xolat sanalsa, ikkinchi tur kasallik,boshqa biron birxastalik yoki dorilar natijasida kelib chiqqan sanaladi. Birinchi gipergidroz turida terlanish badanning muayyan hududida, qo‘ltiq ostida, badanning pastki qismida, yuzda yoki oyoqda sezilsa,ikkinchi tur gipergidrozda esa,ko‘p xolda butun badan terlaydi va qo‘lansa hid taratadi.
Ba’zi hollarda terlash, ichki kasalliklarning jiddiy simptomidan ham dalolat berishi mumkin. Masalan, siz tunda qo‘tiq terlanishining kuchli hidini sezsangiz, shifokorlar SILga qarshi tahlil qildirishingizni masalahat berishadi.
Ko‘p terlash holatining sabablari
- Homiladorlik va emizish:
Homilador ayollarda, gormonal holatlarning o‘zgarishi, temir moddasining meyordan ortiq ishlab chiqlishiga sabab bo‘ladi. Tabiiyki, badanda meyordan ortiq temir moddasining mavjudligi o‘tkir xidni ham keltirib chiqaradi. Bunday holatda ayollarendokrinolog maslahatini olishlari shart. - Yosh qizchalar va o‘spirin yoshidagi qizlar:
5-8 yosh oralig‘idagi qizlarda jinsiy o‘zgarishlarning paydo bo‘lishi, o‘spirin yoshidagi qizlarda (10-15 yosh) to‘liq o‘tish davrida gormonal holatlarning tez o‘zgarishi kuzatiladi. Bu holat aksariyat shu davrdagi qizlarda qattiq terlanish va hidlanish jarayonini yuzaga keltiradi. Diabet bilan xastalangan barcha turdagi bemorlarda shu kabi holatlarni kuzatish mumkin. Ularda terlash butun badan bo‘ylab yoki badanning ba’zi qismlarida sodir bo‘ladi. Organizmning kuchsizligi, immunitetni pasaytirib, harakatga nisbatan javob reaksiyasini terga almashtiradi va o‘tkir xid xosil qiladi. Shu sababli ota-onalar bunday holatda tezda shifokor xuzuriga borishlari va barcha turdagi tahlilardan o‘tmoqliklari maqsadga muvofiq bo‘ladi. - Endokrin tizimlar kasallanishi
- Qand diabeti
- Alkogollik
- Semizlilik
- Onkologik xolatlar
Ba’zi ruxiyatga ta’sir qiluvchi dorilarva qon bosimini tushuruvchi tibbiy vositalar tarkibi ham, terlanishni keltirib chiqarishi mumkin, chunki dori qabul qilish qon tarkibini o‘zgartirib yuboradi va organizm holatga nisbatan, tabiiy javob qaytaradi.
Terlash va uning hidini qanday ketkazish mumkin?
- DryDry va Teymurova moyi
Dorixonalardan xarid qilish mumkin bo‘lgan,qo‘ltiq osti terlanishining oldini oluvchi maxsus vositalardan biri DryDry, oyoq uchun esa Teymurova moyi. DryDry rangsiz dori vositasi bo‘lib kichik flakon idishda, pufaklik dezdorant ko‘rinishida bo‘ladi va ko‘p muddatga ta’sir qiladi. Dori, xaftada bir marotaba kechqurun quruq qo‘ltiqqa suriladi. U tez quriydi, xidsiz va xafta davomida ta’sir qiladi. Bir xaftadan so‘ng ushbuholat yana qaytariladi. DryDry terlash xolatni oldini oladi, va qo‘ltiqni quruq bo‘lishini ta’minlaydi, temir modda meyoriga esa ta’sir qilmaydi, aksincha oshiqcha temir moddasini badanning boshqa tamonlariga yo‘naltiradi. Bitta flakon dori vositasi 3-5 oyga yetadi. - Teymurova moyi – maxus oyoq uchun, mo‘ljallang moy bo‘lib, oyoqning quruq bo‘lishini va xidlanishini oldini oladi. Parazitlardan himoya qiladi. Ishlatish jarayonida yo‘riqnoma bilan tanishib chiqilishi talab qilinadi.
- Qo‘ltiq osti uchun maxsus qoplamalar:
Maxsus qoplamalar kiyimga yoki terining bir tamoniga taqiladi, qoplamaning boshqa qismi esa terini quritib boradi. Ular juda ingichka bo‘lib, kiyim ostidan bilanmaydi va iz qoldirmaydi. Ayollar ham erkaklar ham bu qoplamalardan foydalansa bo‘laveradi. Xozirda mashxur brend qoplamalar Finlandiyaning HELMI va Rossiyaning DryDry firmalariga tegishli xisoblanadi. Undan tashqari Xitoy maxsulotlari ham o‘z raqobatdoshlaridan qolishayotgani yo‘q. Bunday maxsus qoplamalar asosan dorixonalarda sotiladi. - Radikal uslub:
Hozirda maxsus ukol BOTKS orqali qo‘ltiq osti teri temir moddalarini aktivlashish jarayonini bosimga olish moda tusiga kirgan. Bu xolat bir tamondan terlash va xidlanishdan uzoq muddatga uzoqlashtirsa, ikkinchi tamondan inson organizmi uchun juda katta xavf tug‘diradi. Terlanish,teridagi temir moddasi, terining xaroratini belgilab turadi, agar ularning meyoriy funksiyasi kamaytirilsa yoki bosim qilinsa, bu yurakka ta’sir qilishi mumkin. Yoki bo‘lmasa jinsiy a’zolarning xidlanishiga olib keladi. - Ionoforez— bu uslubda, bemorning ustki teri qismiga yengil elektro tokli ta’sir o‘tkaziladi. Bu xolat bir xafataga ta’sir qiladi va qayta qayta bajarish teri qatlami uchun xavf tug‘diradi.
- Jarrohlik orqali muammoni hal qilish:
Bu juda qimmat usul. Terlanishga sabab bo‘lguvchi teri nervlari jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi. Lekin bunda asab tizimlarida va nafas yo‘llarida muammo tug‘ilish xavfi mavjud.
Terlanishni xalq tabobati orqali davolash usullari:
- Achchiq tosh – Achchiq tosh kukuni terlanish va uning hidini olish uchun qulay vosita sanaladi. Avvaldan greklar va yaxudiylar bu usuldan juda keng foydalanishgan. Dorixonalardan achchiq tosh kukunini bemalol xarid qilishingiz mumkin.Foydalanish usuli esa juda oddiy. Achchiq tosh kukuni kechqurun yotishdan avval, qo‘ltiq osti yuvib bo‘lingandan so‘ng suriladi va ertalab yuvib tashlanadi. Agar sizda Achchiq tosh kukunini un kabi maydalash imkoni bo‘lsa, shu holda ko‘chaga chiqishdan avval surtishingiz va kun mobaynida terdan xoli bo‘lishingiz mumkin.
- Tibbiy spirt- umuman spirt, har xil zararkunandalarni o‘ldirishda qulay vosita. Paxta orqali tibbiy spirt bilan oyoq yoki qo‘ltiq ostixidlanish qismini artasiz, jarayonning doimiyligi kasallikni yengishga yordam beradi.
- Olma uksusi – Ikki choy qoshiq olma uksusiga uch qoshiq sovuq suv aralashtrasiz va teringizni muammoli qismiga surtasiz. Bu aralashmadan soch to‘kilishini oldini olishda ham foydalanish mumkin.
- Iste’mol sodasi va moychechak – 1 litr Moychechak qaynatmasiga ikki osh qoshiqda soda solinib arashaliriladi. Bu qorishmani xar ikki soatda terining mummoli joyga surtiladi. Oyoq uchun esa vanna qabul qilinadi.
- Eman daraxti ildizi. 1 litr suvga 50 g eman ildizi solinib yarim soat qaynatiladi. Tayyor qorishma qo‘ltiqqa surtiladi.Oyoq uchun esa vanna qabul qlinadi.Davolanish natijasi esa 1 oyda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
- Limon suvi – Braziliyalik ayollar, Limon suvi orqali terlanish va xidlanishdan saqlanadilar faqat bir jixati noqulaylik tug‘diradi, teriga kiyim iplari yopishib qolishi g‘ashingizga tegadi.
- Osh tuzi va iste’mol sodasi qorishmasi – bu xam terlanish va xidlanish oldini oladi, ammo meyordan ortiq surtish teri allergiyasni keltirib chiqarish ehtimoli mavjud.
Maxsus diyetalar, Endokrinolog tavsiyasi:
Yodga boy maxsulotlarni kam iste’mol qilish. Jigar, mol go‘shti, kurka va piyozli maxsulotlarni kam iste’mol qilish. Qlupnay, uzum va bodom mevalari terlanishni oshiradi, shu sababli mutaxassilar bunday mevalarni ko‘p iste’mol qilishni maslahat bermaydilar. Ko‘proq suv ichish xid toksonlarini yo‘qotishda yordam beradi. B vitaminigi boy maxsulotlarni ko‘proq yeyish (ayniqsa qishda), ko‘katlar, baliq va sut maxsulotlari ham bunga misol bo‘la oladi. Vitamin C, B12 va B6 minerallariga boy maxsulotlarni ko‘p iste’mol qilish. Ovqatdan oldin,qora qaxva o‘rniga issiq yalpizlik choy ichish juda foydali. Kofeini mavjud ichimliklardan iloji boricha voz kechish.
Foydali maqola: Oyoq terlashi va hidlanishining sabablari hamda davolash usullari
Kasalliklar
Ko‘p terlash azobidan holi bo‘lish