KONTRAPOST

KONTRAPOST

KONTRAPOST (ital. contrapposto — teskari, aks) — tasviriy sanʼatda tasvirlash usuli. Kontrapostda tananing bir qismi ikkinchi bir qismiga keskin qarama-qarshi (kontrast) xrlatida tasvirlanadi. Mas, tananing yuqori qismi burilgan holatda, quyi qismi esa toʻgʻridan koʻrinishi holatida ifodalanadi. Bunda Kontrapost shakl (tana)ning umumiy muvozanatini buzmagan holda shakl maromini rivojlantirib, uni harakati yoki tarangligini 3 oʻlchamdagi tasvirini beradi.

Ensiklopediya.uz
KONTRAPOST

Оставьте комментарий