KONT

KONT

KONT (Comte) Ogyust (1798.19.1, Monpelye — 1857.5.9, Parij) — fransuz faylasufi, pozitivizmning asosiy vakili. Sen-Simonta kotiblik qilgan (1817—22). Tarix va sotsiologiyaga oid qarashlari Sen-Simonning kuchli taʼsirida boʻlgan. Kont har qanday metafizikani rad etgan. Pozitivizmga empirizm b-n mistitsizm orasidagi oʻrta yoʻl sifatida qaragan. Kont fikricha, fan mohiyatni emas, faqat hodisani biladi. Jamiyat taraqqiyotini belgilovchi insoniyat aqlzakovati evolyutsiyasining 3 bosqichi (ilohiy, metafizik, pozitiv yoki ilmiy) nazariyasini ilgari surdi. Fanlar tasnifini ishlab chiqdi. Kont «sotsiologiya» tushunchasini ilk bor fanga kiritdi, u tufayli sotsiologiya muayyan ilmiy tizimdan joy oldi. Kontga koʻra, kishilik jamiyatini tashqil etish sotsiologiyaning amaliy maqsadi hisoblanadi. Asosiy asarlari: «Pozitiv falsafa kursi» (1—6-jildlar, 1830—42), «Pozitiv siyosat tizimi» (1—4 jiddlar, 1851—54).

Ensiklopediya.uz
KONT

Оставьте комментарий