KONSERVATSIYA

KONSERVATSIYA

KONSERVATSIYA (lot. conservatio — saqlash) — 1) tarixiy va madaniy yodgorliklar (meʼmoriy inshootlar, arxeologik topilmalar, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, kitob, qoʻlyozma va b.)ni dastlabki yoki Konservatsiyaga tushgan vaqtdagi qiyofasi, chidamliligini uzoq muddatga saqlashni taʼminlovchi chora-tadbirlar yigʻindisi. Restavratsiya bilan uzviy bogʻliq. Muzey, kutubxona, arxivlarni isitish, shamollatish, barcha saqlanayotgan narsalar uchun moʻtadil harorat, namlik, havo tarkibi sharo-itlarini yaratish orqali erishiladi. Maxsus tartibdagi saqlashda havoni tozalovchi filtrli vitrinadan foydalaniladi; buyumlar, sanʼat asarlari maxsus jild va javonlarda saqlanadi. Yogʻoch, mato, teri buyumlariga kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi, xom sopol, yogʻoch buyumlar boʻzilmasligi uchun maxsus sintetik yelimlar bilan ishlanadi; hujjatlar, bosma matnlar shaffof qobigʻ b-n, metall, shisha, suyak buyumlar rangsiz lok bilan qoplanadi. Meʼmoriy obidalarning asosi, devori, gumbazlari mustahkamlanadi, himoya qurilmalari barpo etiladi; 2) biron-bir qurilish yoki korxona ishining muayyan sabaoga koʻra uzoq muddatga toʻxtatib qoʻyilishi;

Ensiklopediya.uz
KONSERVATSIYA