KONSERVATORLAR PARTIYASI

KONSERVATORLAR PARTIYASI

KONSERVATORLAR PARTIYASI — Buyuk Britaniyadagi asosiy siyosiy partiyalardan biri (rasmiy nomi — konservativ va yunionistik tashqilotlarning milliy ittifoqi). 1867-y. da torilar partiyasi negizida tashqil topgan. 2-jahon urushidan keyin 1951 — 64, 1970—74, 1979—98 y. larda hokimiyatni boshqargan. 750 ming aʼzosi bor (1997). Partiya yetakchisi Ian Dunkan Smit.

Ensiklopediya.uz
KONSERVATORLAR PARTIYASI