KONSEPSIYA

KONSEPSIYA

KONSEPSIYA (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtayi nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. Konsepsiya badiiy asar mohiyatini, ijodkorning m«yeni»ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar Konsepsiyasi ayrim holatlarda muallifning subyektiv qarashlaridan keng qamrovli bulishi mumkin. Baʼzan muallif moʻljaliga zid holat yuz bersa ham, mohiyat eʼtibori bilan asar oʻz Konsepsiya siga koʻra muallifning badiiy-estetik olamiga tegishli boʻladi. Oʻquvchining maʼnaviy-ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda badiiy asar Konsepsiyasi alohida taʼkidlanib, ochiq-oydin ifoda etiladi. Inson va borliq mohiyatiga koʻra, Konsepsiya bir butunlikni tashqil etadi. Masalani muayyan ijodkorning oʻz Konsepsiyasi yoki alohida olingan qaqiqiy sanʼat asarining Konsepsiyasi tarzida qoʻyish ham mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar Konsepsiyasi unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli boʻlib ham maydonga chiqadi. Umuman, Konsepsiya badiiy asarning sanʼat, adabiyot va madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda oʻquvchilar ommasiga taʼsir etish darajasini belgilaydi.

Ensiklopediya.uz
KONSEPSIYA

Оставьте комментарий