KONSENTRATSIYA

KONSENTRATSIYA

KONSENTRATSIYA [lot. con (cum) — birga va centrum — markaz] — biror narsaning muayyan joyda toʻplanishi. K i m yo d a — eritma yoki erituvchining maʼlum ogʻirlik mikdori yoki hajmida erigan modda mikdori. Konsentratsiya bir necha xil ifodalanadi: ogʻirlik Konsentratsiya, atom K., hajmiy Konsentratsiya, protsentli Konsentratsiya, normal Konsentratsiya, molyar Konsentratsiya, mol nisbat, mol protsent. Ogʻirlik Konsentratsiya — eritmadagi modda ogʻirlik mikdorining eritma umumiy ogʻirlik miqdoriga nisbatini, atom Konsentratsiya eritmadagi moddalar gramm-atomlar sonining eritmadagi umumiy gramm-atomlar soniga nisbatini, hajmiy Konsentratsiya eritmadagi modda hajmining eritma umumiy hajmiga nisbatini koʻrsatadi. Protsentli Konsentratsiya 100 g eritmada erigan moddaning g hisobidagi miqdorini, normal Konsentratsiya 1 l eritmada erigan moddaning gramm-ekvivalentlar sonini, molyar Konsentratsiya 1 l eritmada erigan moddaning gramm-molyar sonini, molyal K. 1000 g erituvchida erigan moddaning molyar sonini koʻrsatadi. Mol nisbatlar — agar eritmada birinchi moddadan p, mol, ikkinchi moddadan p2 mol boʻlsa, birinchi moddaning mol nisbati (konsentratsiyasi) N =■ moddaning mol nisbati ikkinchi V = ʻ 2 n +«2 boʻladi. Doimo N,+N2=l. Agar mol nisbat 100 ga koʻpaytirilsa, mol protsent olinadi. Eritmaning zichligi maʼlum boʻlsa, ogʻirlik ifodalanadigan konsentratsiya (% li K.) hajm bilan ifodalangan K. ga — normal, molyar K. ga oʻtishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
KONSENTRATSIYA