KONDILYAK

KONDILYAK

KONDILYAK (Condillac) Etyen Bonno de (1715.30.9, Grenobl — 1780.3.8, Bojansi) — fransuz faylasufi, maʼrifatparvar. Parij FAning aʼzosi (1768). D. Didro va Dʻalamber bilan «Ensiklopediyami nashr etishda hamkorlik qilgan. Falsafiy qarashlari J. Lokk taʼsirida shakllandi. Kondilyak xotiradan boshlab to tafakkur va irodaning paydo boʻlishi, hissiy idrokni oʻzgartirishgacha boʻlgan barcha ruhiy jarayonlarni tushuntirishga urinib, boʻlarni bilishning yagona manbai deb tasavvur qildi. Kondilyak assotsiativ psixologiyasining asoschilaridan biri. Asarlari: «Sezgilar toʻgʻrisida traktat» (1754), «Inson bilimlarining kelib chiqishini tadqiq etish tajribasi» (1746) va b.

Ensiklopediya.uz
KONDILYAK