KOMPOT

KOMPOT

KOMPOT (frans. compote) — 1) qoqi va hoʻl mevadan qaynatilib tayyorlanadigan yaxna ichimlik. Turshak, togʻolcha, olma va b. mevalar qoqisidan Kompot tayyorlash uchun meva sovuq suvda yuvilgach, kostryulkaga solib, suv quyiladi va qopqogʻi yopib qaynatiladi. 1 kg qoqiga 2 l suv kifoya. Yangi mevadan Kompot tayyorlashda meva poʻsti artilib, parrak-parrak qilib toʻgʻraladi, shakarli suvga solinib 10—15 min. qaynatiladi (1 l suvga 500 g meva, 200 g shakar);

Ensiklopediya.uz
KOMPOT

Оставьте комментарий