KOMILOV Ibrohim Komilovich

KOMILOV Ibrohim Komilovich

KOMILOV Ibrohim Komilovich (1926.15.5, Rishton tumani) — kulol, Oʻzbekiston xalq rassomi (1973). Otasi usta Komil Madaminov va kulol Eliboy Daliyevdan xunar urgangan. «Yangi hayot» kulollik artelida kulol, rassom; 1970-y. dan Rishton keramika z-dida rassom. Komilov qad. Rishton kulollik maktabi anʼanalarini qayta tiklashga katta hissa qoʻshdi va uning yangi, chidamli va nafis namunalarini yaratdi; u yaratgan buyumlar (lagan, kosa, shokosa, piyola, guldon va b.) havo rang koloriti, oʻziga xos uslublashtirilgan naqshlari va hayvonlarning ramziy shakllari bilan ajralib turadi. Komilov anʼanaviy uslubda tayyorlagan koshinlar zamonaviy binolarni bezab turibdi, asarlaridan namunalar respublika va xorijdagi muzeylarda, shaxsiy toʻplamlarda saqlanadi (jumladan, Yaponiyadagi eng yirik kulollik toʻplamlaridan keng oʻrin olgan).

Ensiklopediya.uz
KOMILOV Ibrohim Komilovich

Оставьте комментарий