KOLXIDA MADANIYATI

KOLXIDA MADANIYATI

KOLXIDA MADANIYATI — Gʻarbiy Gruziyadagi soʻnggi jez va ilk temir asriga oid arxeologik madaniyat (taxm. mil. av. 13—7-a. lar). Manzilgoxlar qoldiqlari, mozorqoʻrgʻonlar, xazinalar topilgan. Jezdan ishlangan qurollar orasida ilk temir buyumlar xam uchraydi. Asosiy xoʻjalik tarmogʻi — dehqonchilik boʻlib, chorvachilik, temirchilik taraqqiy etgan.

Ensiklopediya.uz
KOLXIDA MADANIYATI