KOLUMBUS

KOLUMBUS

KOLUMBUS — AQSHning shim.sharqiy qismidagi shahar, Ogayo shtatining maʼmuriy markazi. Sayoto daryosi sohilida joylashgan. Aholisi 711,4 ming kishi (2000). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat, savdo-moliya va madaniy markaz. Metallsozlik va mashinasozlik (jumladan, radioelektronika, elektrotexnika, vagonsozlik, q. x. va aviakosmik mashinasozligi va b.) rivojlangan. Kimyo, poligrafiya va oziqovqat (asosan, goʻsht sanoati) korxonalari, un-t bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1812-y. da asos solingan.

Ensiklopediya.uz
KOLUMBUS