KOKSIT

KOKSIT

KOKSIT (lot. soxa — son) — chanoqson boʻgʻimining yalligʻlanishi. Koksitga koʻpgina infeksion kasalliklar (angina, gripp, terlamalar, sil, brutsellyoz va b.), shuningdek, yiringli infeksiyalar sabab boʻladi. Organizmning zaiflashuvi, bolalarning yuqumli kasalliklari (qizamiq, skarlatina, koʻkyoʻtal) ham baʼzi hollarda Koksitga olib kelishi mumkin. Sil koksiti va silga aloqasi yoʻq Koksit farq qilinadi.

Ensiklopediya.uz
KOKSIT

Оставьте комментарий