KOGURYO

KOGURYO

KOGURYO — qad. koreys qabilasi, keyinchalik milodning dastlabki asrlarida Koreya ya. o. dagi 3 ta davlat (K., Pekche, Silla) dan biri. Koguryo qabilasi mil. 1-a. boshiga kelib Amnokkan daryosining oʻrta oqimidagi hududlarda istiqomat qilgan. Koguryo davlati 4-a. oxirida ravnaq topgan. 612-y. u Xitoydagi Suy sulolasining bosqinchilik yurishini qaytargan. 668-y. Xitoyning Tan sulolasi qoʻshinlari Silla davlati bilan ittifokdikda Koguryoni tor-mor qilgan. Koguryo yerlari ular oʻrtasida taqsimlab olingan.

Ensiklopediya.uz
KOGURYO