KOFIR haqida to’liq ma’lumot oling
KOFIR (arab. — inkor etuvchi, dinni rad etuvchi, gʻayridin) — islom aqidasiga koʻra, islom dinini inkor etuvchi barcha kishilar. Boshqa turli dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham, hech qanday dinga ishonmaydiganlar ham islomda Kofir hisoblanadi. Bundan tashqari, islom taʼlimoti boʻyicha, ishonish va tasdiqlash shart qilingan aqidaviy moddalardan birortasini inkor etgan musulmon ham Kofir sanaladi. Mas, biror paygʻambarning paygʻambarligini tan olmaslik, qiyomat boʻlishiga ishonmaslik, Qurʼonning ilohiy ekanini rad etish, farz sanalgan ahkomlardan birortasi (namoz, roʻza, zakot, haj)ni farz emas deyish, xarom qilingan narsani halol deyish yoki halol narsani harom deyish va b. Haromligini tasdiq etgan holda uni isteʼmol qilsa yoki farz qilingan narsaning farzligini tan olsa-yu, lekin uni tark etsa Kofir boʻlmaydi, balki gunohkor hisoblanadi (moturidiylik aqidasi boʻyicha shunday). Bunga xilof tarzda eʼtiqod qiluvchi islomiy firqalar ham mavjud.
Malumotlar
KOFIR