KOʻKNOR
KOʻKNOR (Papaveraceae, Papaver L.) — koʻknordoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; urugʻidan oʻsimlik moyi (q. Moyli ekinlar) va koʻsagidan afyun olish uchun yetishtiriladigan ekin. 100 turi maʼlum. Moʻtadil, subtropik, baʼzan sovuqmintaqalarda oʻsadi. Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Arktikada 75 ga yaqin turi uchraydi. Baʼzi turlari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. De-hqonchilikda bir yillik uxlatuvchi Koʻknor (P.somniferum .)ning 2 tur-xili (moyli Koʻknor, afyunli Koʻknor) ekiladi. Vatani — Oʻrta Dengiz atroflari (Gretsiyada mil. av. ekilgan), soʻngra Kichik Osiyo, Yevropaga tarqalgan. Afyunli K. Oʻrta Osiyo, Old Osiyo, Eron, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va b. mamlakatlarda qadimdan ekib kelingan. Moyli K. Yevropada Avstriya, Polsha, Vengriya, Gollandiya, Chexiya, Slovakiya, Ukraina, Rossiya, Fransiyada katta maydonlarda ekiladi.
Ensiklopediya.uz
KOʻKNOR