KOʻRARE

KOʻRARE

KOʻRARE (karibcha «koʻrari» soʻzidan) — chilibuxa va buddleyadoshlarga mansub (asosan, tropiklarda oʻsadigan) oʻsimliklar ekstraktini quyultirib olinadigan kuchli zahar. Tarkibida kurarin alkaloidlari bor. Qonga tushsa, nerv falajlanadi. Jan. Amerikaning tub aholisi Koʻrareni kamon uchini zaharlash uchun ishlatgan. Koʻrare yoki koʻraresimon moddalarni davo yoki tadqiqot maqsadida qoʻllash koʻrarizatsiya deyiladi. Tibbiyotda, asosan, sintez qilib olingan koʻraresimon moddalar qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
KOʻRARE

Оставьте комментарий