KOʻLXANJAR GʻORI

KOʻLXANJAR GʻORI

KOʻLXANJAR GʻORI — Surxontogʻ tizmasining jan. yon bagʻrida, 1175 m balandlikda joylashgan. Gʻorning kirish qismi tor (eni va bal. 1 m ga yaqin). 1Pu oʻlchamda ichkariga 11 m davom etib, soʻng katta xonaga (oʻz. 40 m, eni 7 m dan 15 m gacha, bal. 3 m gacha) oʻtiladi. Xonaning shipi gumbazeimon va kalsit minerallaridan tashkil topgan. Katta xona oxirida tor yoʻlakka (oʻz. 10 m, eni va bal. 1 m) aylanadi va oxirida kirib bulmaydigan yoriq, bilan tugaydi. Gʻorning umumiy oʻz. 61 m, mayd. 63 m2, hajmi 142 m3.

Ensiklopediya.uz
KOʻLXANJAR GʻORI

Оставьте комментарий