KOʻKRAK BOʻSHLIGʻI

KOʻKRAK BOʻSHLIGʻI

KOʻKRAK BOʻSHLIGʻIsut emizuvchi hayvonlar gavda boʻshligʻining oldingi (odamlarda — yuqori) qismi. Koʻkrak boʻshligʻi seroz pardaplevra bilan qoplangan. Koʻkrak boʻshligʻida nafas yoʻllari: kekirdak (koʻkrak qismi), bronxlar, oʻpka, qizilungach (koʻkrak qismi), koʻks orayaigʻi, yurak, ayrisimon bez va b. joylashgan. Koʻkrak boʻshligʻidan qon tomirlar, limfa yoʻllari va nervlar oʻtadi. U qorin boʻshligʻidan diafragma bilan ajralgan. Koʻkrak kafasining shakliga va diafragmaning holatiga qarab, Koʻkrak boʻshligʻining shakli har xil boʻladi.

Ensiklopediya.uz
KOʻKRAK BOʻSHLIGʻI

Оставьте комментарий