KNYAZLIK

KNYAZLIK

KNYAZLIK — knyazlar boshqargan mus-taqil va qaram davlatlar, alohida mulklar. Knyazlik sharqiy slavyan va qad. rus davlatlarida 8—9-a. larda vujudga kelgan. Eng yirik Knyazliklar buyuk Knyazliklar deb atalib, udel (mulk)larga boʻlingan. Rossiyada Knyazliklar markaziy shaharlar nomi bilan atalgan. Mas: Kiyev, Ryazan K. lari, Rus davlatida 12-a. ning 2-yarmida Knyazliklar soni koʻpaygan, bu esa mamla-katning kuchsizlanishiga olib kelgan. 15-a. oxiri — 16-a. larda Knyazliklar markazlashgan Rus davlati tarkibiga kirgan. Rossiya imperiyasida 1809—1917-y. larda Finlyandiya Buyuk K. deb atalgan. Fapbiy Yevropada Monako, Andorra va Lixtenshteyn davlatlari hoz. Knyazlik deb ataladi.

Ensiklopediya.uz
KNYAZLIK

Оставьте комментарий