KLINTON

KLINTON

KLINTON (Clinton) Bill (Uilyam) Jefferson (1946.19.8, Arkanzas shtatining Xop sh.) — AQSHning 42-prezidenti (Demokratik partiyadan, 1993 — 2000). Vashingtondagi Jorjtaun un-tini (1968) tugatgan. 1968—70 y. larda Angliyaning Oksford un-tida tadqiqotlar olib borgan. 1973-y. dan Feyetvilldagi Arkanzas un-tida daryo bergan. 1976-y. dan Arkanzas shtati adliya vaziri va bosh prokurori. 1978—92 y. larda Arkanzas shtati gubernatori.

Ensiklopediya.uz
KLINTON