Klasterlar va kooperatsiyalar

Klasterlar va kooperatsiyalar

Davlat organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar

“Zulmat ostonasidagi muhabbat”, I kitob

“ZULMAT OSTONASIDAGI MUHABBAT” (I kitob) Kitob nomi: “Zulmat ostonasidagi muhabbat”, I kitob Janr: Roman, fentezi Muallif: Stefani Mayer Tarjimon: Dilfuza Sobirova Bosmaxona: “Dizayn-Print” Qisqa vaqt ichida butun dunyo kitobxonlari orasida mashhur bo‘lgan besh kitobdan iborat “Sumerki” roman-bestselleri “Dizayn-Print” bosmaxonasi tomonidan o‘zbek tilida chop etilib, kitobxonlar qo‘liga yetib borishda davom etmoqda. “Sumerki” nomi bilan kitoblari va filmi dong taratgan bu asarning I kitobi o‘zbek tilida “Zulmat ostonasidagi muhabbat” nomi bilan nashrdan chiqdi. Asar muallifi amerikalik yozuvchi ayol Stefani Mayer, tarjimon Dilfuza Sobirova. Ushbu kitob Bella Svon degan qizning otasi politsiyachi bo‘lib ishlaydigan chekka shtatga ko‘chib borishi bilan boshlanadi. Atrofi o‘rmonlar bilan qoplangan AQSHning bu hududida yilning ko‘p qismida sovuq hukmronlik qilardi. Xuddi Kanada, Sibirdagidek. Onasi boshqa turmush qurgan, otasi yolg‘iz yashaydigan qiz o‘shanda maktab yoshida bo‘lib, ko‘chib kelganidan padari buzrukvori uni shaharcha maktabiga joylashtiradi. Bella maktabdagi yangi sinfdoshlari bilan tanishish asnosida bir shifokorning g‘alati farzandlarini ham uchratadi. Ranglari juda oppoqligi, sovuqligi va o‘zlarini boshqacha tutishlari bilan maktabdagi o‘quvchilardan ajralib turishardi. Oilaning Edvard ismi o‘g‘li Bella bilan sinfdosh bo‘ladi. O‘shanda Bella bu oilaning farzandlari asrandi ekanini, ular maktabda o‘qib, o‘zlarini o‘quvchidek tutadigan odamxo‘rlar, ya’ni qonso‘rar vampirlar ekanini bilmas edi. Edvard Bellani, Bella Edvardni sevib qoladi. O‘qing! Stefani Mayerni millionerga aylantirgan va butun dunyoga tanitgan roman-fentezisi endi o‘zbek tilida! Unda siz o‘rta asrlardan keyin odam yeyishni to‘xtatib, Amerika o‘rmonlariga yashiringan va tinch hayot boshlagan vampirlarning maktabda o‘qishga qaror qilishgani va kutilmaganda oilaning vakili – Edvard odam bolasini sevib qolgani haqidagi qo‘rqinchli va hayajonli sarguzashtlardan voqif bo‘lasiz! Edvar Bellani yeyish istagida emasdi, albatta. Ammo har gal vampir yigitni odam qoni mast qiladi, ichki tug‘yonlari jo‘sh uradi. Vampirlar qonuni bo‘yicha tinch hayotga qaytgan odamxo‘rlar birorta inson bolasi bilan do‘stlashmasligi, ayniqsa, sevib qolmasligi, oila qurmasligi shart edi. Edvard bu qonunni buzadi va barcha vampirlarning g‘azabini keltiradi. Eng yomoni hali oldinda edi. Edvardlar oilasining azaliy dushmani bo‘lgan yovuz vampirlar hali-hanuz hayot edilar. Ular Bella yashaydigan shaharchaga yo‘l olishadi. “Men chet el kitoblarini o‘qimas edim. Chunki ularda bizning hayot tasvirlanmagan. Begona ismlar, begona hayot. Ammo “Zulmat ostonasidagi muhabbat”ni o‘qib, dahshatga tushdim. Yigit qizni yeydimikan, yo‘qmi? Qiziqib ketyapman” degan edi bu kitob haqida bir oddiy o‘zbek ayoli.

Klasterlar va kooperatsiyalar

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan klasterlar

Klaster nima?

Klasterlar tizimi.

Bu xom-ashyo yetishtirishdan boshlab to qayta ishlangan tayyor mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab olgan bir butun tizim.

Klaster – bu qo‘shilgan qiymat zanjirining barcha ishtirokchilarini (fermerlar, qayta ishlovchi korxona, eksportyor) bir maqsad sari jamlagan korxonalar guruhi.

QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI TOMONIDAN RESPUBLIKA BO‘YICHA TASHKIL ETILGAN KLASTERLAR

Umumiy soni: 463 ta.
Biriktirilgan yer maydoni: 2210385 ga.
Shundan klasterlarda 282004 ga, 75283 ta fermer xo‘jaligida 1930975 ga.

Klaster tizimining maqsadi

  • Mahsulot yetishtirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jalb qilish orqali agrotexnik tadbirlarni yangilash, hosildorlikni bir necha barobar oshirish.
  • Mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va yakunda olinadigan tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish.
  • Kam xarajat qilib, ko‘p daromad olish. Mahsulot yetishtiruvchilarning moliyaviy xolatini yaxshilash.
  • Mahsulot yetishtiruvchilar moddiy-texnik bazasini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va uskunalari bilan boyitish. Infratuzilma obyektlarini yangilashdan iborat.

Klaster tizimining qisqacha tarixi

“Klaster” fransuzcha so‘z bo‘lib, “bog‘lam”, “guruh”, “to‘planish”, degan maʼnolarni anglatadi. “Klaster” tushunchasi ilk bor 1990-yilda Maykl Porter tomonidan “Davlatlarning raqobatdosh afzalligi” nomli asarida keltirilgan. O‘zbekiston respublikasida klasterlar tizimi 2017-yilda joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2978-son qarori asosida Buxoro viloyatida “VST cluster” MCHJ QK hamda 2017-yil 15-sentyabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarori asosida “Bek cluster” MCHJ QK paxta-to‘qimachilik klasterlari tajriba-sinov tariqasida tashkil etildi. Klaster tizimi yaxshi natija ko‘rsatganidan keyin, mamlakatimiz bo‘ylab turli klasterlar tashkil etildi. Bugungi kunda respublikada paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik va meva-sabzavotchilik klasterlari faoliyat olib bormoqda.

Meva-sabzavotchilik klasterlari

Meva-sabzavotchilik klasterlari

Umumiy soni: 245 ta

Biriktirilgan yer maydoni: 179,2 ming ga.

Yetishtirilayotgan meva-sabzavot: 15,3 ming nafar fermer xo‘jaliklari bilan 147,9 ming gektar yer maydonlarida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha fyuʼchers shartnomasi asosida ish olib borilmoqda.

Moddiy-texnik bazasi:

62 ta klasterlarda quvvati 956,2 ming tonna bo‘lgan qayta ishlash zavodlari, 32 ta klasterlarda quvvati 290,5 ming tonna bo‘lgan mahsulotni saralash va qadoqlash, 23 ta klasterlarda quvvati 230,5 ming tonnalik mahsulotni quritish hamda 136 ta klasterlarda quvvati 360 ming tonnalik oddiy va muzlatkichli omborxonalar mavjud.

Intensiv bog‘ va tokzorlar soni:

24,5 ming ga mahalliy, 10,8 ming ga intensiv bog‘ va 25,6 ming ga tokzorlar.

Investitsiya loyihalari:

2022-yilga klasterlar tomonidan qiymati 478 mlrd. so‘mlik 71 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 500 ga yaqin ish o’rinlari yaratiladi

Klasterlar – agrar sohaning “lokomotivi”

UzAnalytics’da Navro‘z Meliboyevning klaster hududlarning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati haqidagi mulohazalari aks etgan maqolasi chop etildi. Quyida maqola e’tiboringizga havola etiladi.

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi paxtachilik bilan shug‘ullanadigan fermerlar bu yil alohida rag‘batlantiruvchi omilga ega. Bu yilgi mavsum – ekin ekishdan tortib hosil yig‘ib olishgacha butunlay boshqacha tarzda tashkil etilgan:

“Fermerlik aslida tadbirkorlik ekanini tobora chuqur tushunib yetayapmiz. Paxta, g‘alla rejalarini ortig‘i bilan bajarsak-da, daromad ko‘rmagan paytlarimiz ham bo‘lgan. Negaki, reja ortidan quvib, sarf-xarajat haqida o‘ylamasdik. Hozir qilgan mehnatga yarasha daromad oladigan paytimiz keldi. Sohada innovatsion g‘oyalar asosida xarajatni kamaytirib, yuqori hosil olish uchun muntazam izlanayapmiz”, – deydi “Roshidon davroni” fermer xo‘jaligi rahbari Dostonbek Matmusayev.

Dostonbekni bu yil qanaqa omillar va innovatsion g‘oyalar rag‘batlantirayapti? Uning fermasi “Rus Uzbekteks” MChJ tomonidan tashkillashtirilgan katta paxta klasterinig bir qismiga aylandi. Ushbu klaster xuddi shunaqa 332 ta fermerlarni, paxta tozalash zavodini va paxtani qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha bir necha korxonalarni birlashtiradi. Agar ilgari “Rus Uzbekteks” MChJ faqat kalava ip ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda xomashyo shu yerning o‘zida qayta ishlashning barcha bosqichidan o‘tib, eksportbop tayyor mahsulotga aylanadi: “Chunki innovatsion klaster, bu – bir majmua doirasida bir jamoa bo‘lib yerni shudgorlash, chigit ekish, paxtani parvarishlash, hosilini yig‘ib-terib olish, xomashyoni chuqur qayta ishlash bilan bog‘liq korxonalarni birlashtiruvchi ishlab chiqarish uslubidir” – deydi jamiyat direktori Olimjon Olimov.

Ishlab chiqarish klasteri nima?

Umumiy ma’noda, ishlab chiqarish klasteri iqtisodiyotning bir xil yoki bir-biriga bog‘liq sohalarida faoliyat yuritadigan va geografik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan korxonalar guruhidir. Bu korxonalarning texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi juda muhimdir. Bundan tashqari, ushbu korxonalar bitta umumiy maqsad uchun – raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun birlashgan.

Masalan, paxta-to‘qimachilik klasterining texnologik zanjiri paxta xomashyosini ishlab chiqarish, uni qayta ishlash, paxta tolasidan kalava ip ishlab chiqarish, gazlama ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘z ichiga qamrab oladi. Shu bilan birga, fermerlarni (paxta xomashyosini yetishtiruvchilarni), paxta tozalash zavodini, paxtani qayta ishlash korxonasini, to‘qimachilik fabrikasini va kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonani birlashtirishning maqsadi – har bir ishlab chiqaruvchining xarajatlarini kamaytiradigan va yakuniy mahsulotning raqobatbardoshligini oshiradigan yagona tuzilma yaratishdir.

“Klaster” tushunchasi ilk bor 1990-yilda Maykl Porter tomonidan “Davlatlarning raqobatdosh afzalligi” nomli asarida keltirilgan. 10 ta sanoat jihatdan rivojlangan davlatlarning rivojlanish tarixini tahlil qilgach, Maykl Porter klasterlarning paydo bo‘lishi iqtisodiy rivojlanish va sanoatlashtirish jarayoni tarkibining ajralmas qismidir degan fikrga kelgan. Shunday qilib, klaster – o‘zaro bog‘liq korxonalarni birlashtirishning bir shakli bo‘lib, bu hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Tashkillashtirish shakli jihatidan, klaster – vertikal ravishda integratsiyalangan tuzilma deyish mumkin.

Dolzarb mavzu va klasterning afzalligi

Klaster uslubini qo‘llash, ayniqsa bir-biri bilan bog‘liq bulgan korxonalar mavjud hududlar uchun katta axamiyatga ega. Klasterlar hududlarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda katta rol o‘ynaydi. Ushbu yondashuv iqtisodiy jihatdan ustuvor tarmoqlar va loyihalarni aniqlash imkonini beradi.

Hududlar iqtisodiyotining rivojlanishida klasterli yondashuvning asosiy afzalliklaridan biri – iqtisodiy omillarning rolini kuchaytirish va ma’muriy omillarning rolini kamaytirishdan iborat. Hududiy ma’muriyatlarning roli faqat dastlabki bosqichda yuqoridir. Masalan, yangi klasterlarni tashkillashtirishda, aynan shu hudud manfaatlarni hisobga olgan holda, istiqbolli klasterlarni tanlashda hudud ma’muriyatining roli yuqori bo‘ladi. Keyinchalik esa, hududiy ma’muriyatlarning roli kamayib boradi va bozor iqtisodiyoti qonunlari va omillari oldinga planga chiqadi. Xudud hokimiyatlarining roli eng muhim va istiqbolli klasterlarni qo‘llab-quvvatlash va “o‘yin qoidalari” ni tartibga solishdan iborat bo‘ladi.

Sovet Ittifoqi parchalanib ketgach, O‘zbekiston paxtachilik sohasidagi ko‘plab yutuqlar bilan bir qatorda ancha jiddiy kompleks muammolarni ham meros qilib oldi. Ularni hal etish esa ko‘p vaqt va kuch talab etadi. Asosiy muammolar orasida sohaning o‘ta yuqori darajada tartibga solingani va majburiy mehnat kabilar alohida ajralib turadi. Bir tomondan, davlat tomonidan sohaning yuqori darajada tartibga solinishi uni ushbu mahsulotni yetishtirishning barcha jarayonida imtiyozli kreditlash, imtiyozli shartlarda qishloq xo‘jaligi texnikasiga yoqilg‘i yetkazib berish kabi kuchli qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Ammo, boshqa tomondan, majburiy mehnat elementlarini mujassam etgan “rejalashtirilgan” yondashuv fermerni paxta yetishtirishga bo‘lgan rag‘batini so‘ndiradi. Hosil yig‘im-terimiga majburan jalb etilgan “ko‘ngillilar” haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi.

Davlat imtiyozlarini saqlab qolish bilan bir qatorda, klaster uslubini joriy etish sohaning tartibga solinganlik darajasini, mahalliy hukumatning paxta yetishtirish jarayoniga aralashuvini kamaytiradi, unga faqat “o‘yin qoida”larini belgilovchi vazifasini yuklaydi, xolos. Klaster azolari yakuniy natijaga jamoaviy ravishda javobgar bo‘ladilar. Har bir klaster ishtirokchisining, shu jumladan dehqonning say-harakati ushbu kooperativning yakuniy daromadini, demak, har bir ishtirokchining daromadini belgilab beradi. Mikro darajadagi iqtisodiy tizimning elementi sifatida fermer xarajatlarini minimallashtirish va daromadini maksimallashtirishdan manfaatdor. Fermer uchun rag‘bat manbasi va majburiy mehnatni yo‘q qilish chorasi mana shunda.

Agroklaster – tajriba sifatida

  • paxtani qayta ishlash;
  • yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish;
  • to‘qimachilik korxonalari;
  • sut, go‘sht va tuxum mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash (chorva va parrandachilik xo‘jaliklari);
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash.

Sirdaryo viloyati xokimiyati ma’sul davlat organlari bilan birgalikda irrigatsiya va melioratsiya tizimlarining muntazam ravishda tozalab turilishini va klasterning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uzluksiz suv bilan ta’minlab beradi.

Davlat organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar

Zamonaviy paxta-to‘qimachilik klasterini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, ushbu klaster ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, maxsus transport vositalari va texnika, hayvonlar va o‘simliklar, veterinariya preparatlari, xom ashyo va materiallar, qurilish mollari va issiqxona komplekslari 2022-yilning 1-yanvariga qadar muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi.

Prezident qaroriga muvofiq, qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing bo‘yicha xarid qilish, mineral o‘g‘itlar, urug‘liklar, yoqilg‘i moylash materiallari, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari hamda boshqa moddiy resurslarni yetkazib berishda fermer xo‘jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar va tartiblar “Bek cluster” MChJ QKga nisbatan joriy etildi.

  • “Bek cluster” MChJ QK o‘z tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning so‘mdagi mablag‘larini jamlashi va bu mablag‘larni moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ular o‘rtasida taqsimlashi mumkin;
  • “Bek cluster” MChJ QK o‘z tashkilotlari va ular o‘rtasida olinadigan va topshiriladigan hamda o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni sotish bo‘yicha aylanmalar bilan bog‘liq bo‘lmagan pul mablag‘lari va mol-mulk, shuningdek sof foydani taqsimlash soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
  • “Bek cluster” MChJ QKning qishloq xo‘jaligi tashkiloti yagona ijtimoiy to‘lovni kichik korxonalar uchun belgilangan stavka bo‘yicha to‘laydi.

Deyarli to‘liq mustaqillik

Prezident qaroriga muvofiq, “Bek cluster” MChJ QKga va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga, istisno tariqasida, o‘zlari yetishtirgan mahsulotni erkin tasarruf qilishga, narx belgilash siyosatini va mahsulot sotish hajmlarini mustaqil ravishda belgilashga ruxsat berildi. Bundan tashqari, “Bek cluster” qo‘shma korxonasiga hudud sharoitlarini hisobga olgan xolda, g‘o‘zaning seleksiya navlarini mustaqil ravishda joylashtirish, ekinlarni ilmiy asoslangan tarzda almashlab ekish, suv va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish huquqi berildi.

Markaziy Osiyoda klaster uslubi qishloq xo‘jaligi sohasida muvaffaqiyatli qo‘llanilganmi?

Joriy yilning yanvar oyi oxirida Qozog‘istonning barcha viloyatlaridan fermerlar go‘sht mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan klaster tajribasini o‘rganish uchun ushbu davlatning Akto‘be viloyatiga yig‘ilishdi. Mazkur yig‘ilishga nafaqat fermerlar, balki viloyat rahbarlari, mamlakatning yirik qishloq xo‘jalik korxonalarining rahbarlari ham tashrif buyurishdi. Bu tadbirda qatnashgan har bir ishtirokchining maqsadi “Aktep” MChJ negizida tashkil etilgan ijobiy natijalar kursatgan agroklaster faoliyatini o‘rganish edi. Ushbu korxona 2012-yildan buyon chorvachilik va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda, 11 ming bosh qoramol uchun yem-xashak, 7200 tonna go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga. Bugungi kunda ushbu klaster butun viloyat bo‘yicha 350 fermer xo‘jaliklarini birlashtiradi. Bunaqa hamkorlik nafaqat “Aktep” MChJ uchun, balki oddiy fermerlar uchun ham juda foydali va samarlidir.

Tadbirda klaster ishtirokchilari bo‘lmish fermer xo‘jaliklari rahbarlari mexmonlarga klaster doirasidagi hamkorlik tajribasi haqida so‘zlab berishdi.

“Biz 2012-yildan buyon ‘Aktep’ korxonasi bilan klaster doirasida hamkorlik qilamiz. Biz bu vaqt mobaynida 3000 tonna pichan, 200 boshdan ortiq qoramol yetkazib berdik. So‘nggi yillarda naslli qoramol ijarasi va qishloq xo‘jalik texnikasi lizingi uchun yangi loyihalar va dasturlar joriy yetildi. Ushbu dasturlar biz uchun katta miqdordagi moliyaviy resurslarni jalb qilmasdan, faoliyatimizni kengaytirishga, naslli qoramollarni ko‘paytirishga imkon beradi. Bu kichik fermer xo‘jaliklari uchun juda samaralidir” – dedi “Qiziljar” fermer xo‘jaligi rahbari.

“Bizning xo‘jaligimiz chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Biz mahsulotimizni ‘Aktep’ korxonasiga tirik vaznda topshiramiz. Korxona tez, navbatsiz tarzda va yaxshi narxlarda sotib oladi, pulni qisqa vaqt ichida bankdagi hisobimizga o‘tkazib beradi. Avvallari o‘zimiz bozorga borib, xaridorlarni izlashga va ko‘pincha arzon narxlarda sotishga majbur bulganmiz. Endlikda bu muammo butunlay hal bo‘ldi. Shuningdek, naslli chorvachilikni rivojlantirishda ham hamkorlik qilamiz: biz ‘Aberdin-Angus’ buqalarini ‘Aktep’dan ijaraga olamiz. Bu zotdagi buqalarning yoshi 10-11 oyga to‘lgunga qadar 350-400 kg tirik vaznga yetadi”, – dedi “Qarshaga” fermer xo‘jaligi rahbari.

Mehmonlar orasida Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri ham bor edi. Vazir chorvachilik va go‘sht mahsulotlariga ixtisoslashgan klasterning yuqori samaradorligini qayd yetdi. Uning fikriga ko‘ra, fermerlar bunaqa klasterlarga birlashtirilganda, yuqori iqtisodiy natijalarga gorizontal integrallashgan hamkorlik orqali erishish mumkin. Aktepga yordam berish orqali biz u bilan hamkorlikda bo‘lgan kichik fermer xo‘jaliklariga yordam beramiz. O‘ylaymanki, biz aynan shu yo‘ldan borishimiz kerak”, – dedi vazir.

Paxta klasterlari – sohani jadal rivojlantirishning “lokomotivi”

Birinchi agroklaster tashkil etilganidan bir necha oy o‘tib, joriy yilning yanvar oyida respublikamiz hukumati ushbu amaliyotni paxta sanoatiga keng ko‘lamli tadbiq etishga qaror qildi. Taxminan bir xil shart-sharoitlarda, jumladan, birinchi agroklasterga berilgan soliq imtiyozlarida, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, faoliyatdagi mustaqillik va boshqa shunga uxshash shartlarda, respublikaning barcha hududlarida 16 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etildi. Bu klasterlar tarmog‘i mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oldi – har bir viloyatda va Qoraqalpog‘istonda bir yoki ikkita klaster tashkil yetildi. Har bir paxta-to‘qimachilik klasteriga 3,5 mingdan 18 ming gektargacha yer ajratildi. Yo‘nalishning yetakchisi hisoblangan “Bek cluster” qo‘shma korxonasi bilan birga hisoblaganda 17 ta paxta klasteriga ajratilgan yer maydoni 140 901 gektarni tashkil yetdi.

Joriy yilning mart oyida, 17 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari hududlarida joylashgan 13 ta paxta tozalash zavodlari va 68 ta paxta tayyorlash punktlari 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan baholash qiymatida ushbu klasterlarga berildi.

  • fermer xo‘jaliklariga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishining tegishli tashkilotchilari tomonidan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdorlarda va shartlar asosida avans beriladi;
  • paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari paxta xom ashyosini yetishtirish va ularga yetkazib berishni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratiladi;
  • paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga kreditlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan yiliga 3% dan ortiq bo‘lmagan stavkasi bo‘yicha ajratiladi.

12-sentabr kuni davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident bu tizimni yanada kengaytirish maqsadida, ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy imkoniyati mavjud bo‘lgan qo‘shimcha 44 ta tashabbuskor tanlab olinganini aytib o‘tdi. 2019-yilda jami bo‘lib 61 ta klaster tomonidan paxta maydonlarining 51% da paxta yetishtirish rejalashtirilmoqda. Yangi quvvatlarni tashkil etish va klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish natijasida, 2019 yilda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 78 foizi mamlakatimizda qayta ishlanadi. Bu 2017-yilga nisbatan 2 marotaba ko‘p degani. 2020-yilga borib, paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga o‘tiladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushi 40 foizdan kamida 60 foizga yetkaziladi.

Qiziqarli malumotlar
Klasterlar va kooperatsiyalar