KIZERIT

KIZERIT

KIZERIT [nem. olimi D. G. Kizer (1779—1856) nomidan] — sulfatlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibi — Mg [So4] H2O; tarkibida 29% MgO bor. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangi kulrang, oq, baʼzan sargʻimtir, yarqiroqligi shishasimon (kristallar uchun) va xira (mayda donachali kizeritning zich massalari uchun). Qattiqligi 3—3,5 ga yaqin, zichligi 2570 kg/m3. Moʻrt. Suvda sekin eriydi, kukun xrlatida suv bilan namlansa gips kabi qotadi. Nam havoda parda bilan qoplanadi. Kizerit — dengiz eva-poritlariga xos mineral. Kaliy sulfatli shoʻr konlarda va shoʻrxoklarda keng tarqalgan. Magniyni ishlab chiqish va tez qotuvchi sementlarni tayyorlashda foydalaniladi. Oʻzbekistondagi barcha kaliy tuzli konlar va Shoʻrsuv oltingugurt konida mavjud.

Ensiklopediya.uz
KIZERIT