KIYIMDAGI DOG`LARNI KETKAZAMIZ

KIYIMDAGI DOG`LARNI KETKAZAMIZ

Dog‘larni butunlay yo‘qotish mumkinmi?

Yuzdagi dog‘larni butunlay yo‘qotish mumkinmi? Kosmetolog javob berdi

Yuzdagi dog‘lar aksariyat ayol-qizlarning eng katta muammolaridan biri hisoblanadi. Ko‘plab mutaxassislar dog‘larni umuman yo‘qotib bo‘lmasligini, ayrimlari esa ketkazish uchun ko‘p yillar kerakligini aytishadi. Xo‘sh, qaysi fikr to‘g‘ri? Dog‘lar bir umrlik husnbuzarmi yoki vaqtinchalik kasallik belgisi? Nega yuzga dog‘ tushadi? Uni davolashning qanday yo‘llari bor? Aslida, yuzga dog‘ tushirmaslik uchun nimalarga ahamiyat bermoq kerak? Bu kabi savollarga tajribali kosmetolog Shahnoza Gulyamova batafsil javob berdi.

Foto: Instagram / @kosmetolog_shahnoza

Shahnoza Gulyamova 42 yoshda. Birlashgan Arab Amirligida, Sankt-Peterburg, Fransiya, Monako, Ispaniya va Italiya davlatlarida kosmetologiya bo‘yicha tahsil olgan. 2014-yildan buyon O‘zbekiston va Saudiya Arabistonida ham faoliyatini olib boryapti.

Nima sababdan yuzga dog‘ tushadi?

Yuzga dog‘ tushishiga juda ko‘p omillar sabab bo‘ladi. Birinchidan, bu nasliy ham bo‘lishi mumkin. Boshqa hollarda esa homiladorlik davrida organizm bir maromda ishlamasligidan, gormonal buzilishlarda, oshqozon ichak kasalliklarida, jigar gepatit, gepatoz bo‘lganda, hatto pala-partish ovqatlanish natijasida ham yuzga dog‘ tushadi. Qolaversa, ayol-qizlarimizning quyosh nurlaridan saqlanmasligi hamda tajribasiz kosmetolog huzurida noto‘g‘ri tanlangan yuz parvarishlari ham yuzimizda yoqimsiz asoratini qoldiradi.

Yana dog‘larni ko‘paytiradigan eng katta sabablardan biri — bu uyqusizlik. Soat 21:00 da yotib, ertalab 07:00 da uyg‘onadigan ayol-qizlarga qaraganda, kechasi bir-ikkida uxlaydigan mijozlarimiz ko‘proq dog‘laridan shikoyat qilib keladi. Boisi yoshartirish, baxt gormoni serotonin va melatonin ham vaqtida uxlab, vaqtida turganda organizmda yaxshiroq rivojlanadi.

Bizning momolarimiz erta yotib, quyosh chiqmasdan uyg‘onishgan. Shuning uchun yuzlarida na ajin, na dog‘ bo‘lgan. Chunki ularda hamma narsa me’yorida bo‘lgan.

Dog‘lari ko‘pligidan asabiylashayotgan mijozlarimizga doimo to‘yinib uxlashlari kerakligini maslahat beraman.

Foto: Instagram / @kosmetolog_shahnoza

Davolash usullari haqida

Faoliyatimda men hech qachon tezda dog‘larni davolashga kirishmayman. Chunki sog‘lom organizmda dog‘ bo‘lmaydi. Birinchi bo‘lib mijozimga anamnez yig‘ib kelishini aytaman. Shunga qarab to‘g‘ri muolaja usullarini tanlayman. Hamda muolajalar davomida mijozimizning o‘zi ham bizga yordam berishi kerak. Ya’ni anamnezda kelib chiqqan kamchiliklarni, masalan, o‘t-pufak kasal bo‘lsa, gastroenterologga borib, oshqozon-ichaklarini davolashi lozim. Chunki ichni davolamasdan, tashqi tomondan dog‘larni yo‘qotib bo‘lmaydi.

Hozirda tibbiyot juda rivojlanib ketgan. Dog‘ ketkazishda lazerlardan foydalanamiz. Mezoterapiya, lazerterapiya qilamiz. Mijozimiz esa davolash vaqtida har doimgidan ko‘proq yuzlarini quyoshdan himoya qilishlari kerak bo‘ladi.

Foto: Google Images

Dog‘larni butunlay yo‘qotish mumkinmi?

Dog‘larni yo‘qotishning aniq muddati belgilanmagan. Kimdadir uch oyda, kimdadir olti, qolganlarida bir yil. Har bir mijoz dog‘ining katta-kichikligiga qarab muolaja vaqti cho‘zilaveradi.

Ammo men huzurimga kelgan mijozlarga hech qachon dog‘larni ketkazishga kafolat bermayman. Dog‘lar xoh lazer yoki boshqa muolajalar, hatto operatsiya orqali kesib, oldirib tashlasin, baribir yuzdan to‘liq ketmaydi. 10-15 foiz soyasi qoladi.

Foto: Google Images

Muolajalarning narxi qancha?

Protseduraning narxi 300 ming so‘mdan boshlanadi.

Albatta, boshqa kosmetologiya markazlarida bu muolajaning narxi salonning joylashuvi, ijara puliga qarab o‘zgarishi mumkin.

Bizda aniq bir xil narx yo‘q. Chunki mijozlarimizning sharoitiga qarab ishlaymiz. Masalan, moddiy tomondan qiynalgan, ammo yuzidagi dog‘lari sabab oilaviy munosabatlari yomonlashayotgan ayollarimizga muolajani bepul qilib beramiz.

Maqolani tayyorlashda yaqindan yordam bergan “Kosmed”kosmetologik markaziga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

KIYIMDAGI DOG`LARNI KETKAZAMIZ!

Dam olish kunlari ayollarning «sevimli mashg`uloti» nima ekanini bilasizmi? Albatta kir yuvish, dazmol qilish-da! Ayniqsa, kiyimlardagi turli dog`larni aytmaysizmi, bir-biridan o`taman deydi-ya! Ba`zan uddaburon bekalar kiyimlardagi turli-tuman dog`lardan qanday xalos bo`lishni bilmay qolishadi. Shuning uchun, keling, kiyimdagi dog`larni yo`qotishning yangi usullari bilan tanishtiramiz.

Yog`li ovqat dog`i

Yog`li ovqatning dog`ini yo`qotish uchun avval matoni ushlab ko`ring. Agar matodagi yog` qo`lingizga surkalsa, demak, izi qolmaydi. Bordiyu aksi bo`lsa, bilinar-bilinmas dog` qolishi mumkin. Yog`ning dog`ini ketgazish uchun uning ustiga quruq talk seping. So`ngra matoning ustiga oq qog`oz yopib, issiq dazmol bosing. Matodagi yog` qog`ozga shimiladi. Keyin yarim osh qoshiq tuzga 3 osh qoshiq navshatir spirtini aralashtirib, dog` ustidan surting. Bir necha daqiqadan so`ng oqartiruvchi suyuqlik aralashtirilgan suv bilan ishqalab yuving. Oxirida sovuq suvda chaying.

Dezodorantning oq-sariq izlari

Kiyimda dezodorant izlarini oddiy sirka yordamida yo`qotish mumkin. Buning uchun 1 osh qoshiq sirkani 2 litr iliq suvga aralashtirib, kiyimni unga bo`ktirib qo`ying. Yarim soatlar o`tgach, ozgina kir yuvish kukunidan qo`shib, dog` bo`lgan joyni ishqalang-da, sovuq suvda chaying.

Siyoі dog`i

Siyoі izini avval spirtga botirilgan paxta bilan artib, ketidan osh tuzi bilan ishqalang. So`ngra sovuqroq suvda chaying. Agar siyoі dog`i quyuqroq bo`lsa, dastlab ustidan osh tuzini sepib bir necha daqiqaga qoldiring. So`ngra limon sharbatiga botirilgan paxta bilan arting. Oq rangli matodagi dog`ni ketkazish uchun spirtga lak bo`yog`ini tozalovchi suyuqlik (aseton)ni teng miqdorda qo`shib, mato yuzasini engil arting. So`ngra sovuq suvda chaying.

Kiyimga saqich yopishsa.

Saqichning tarkibi issiq va sovuq xaroratga turlicha ta`sir etadi. Shu bois, kiyimga yopishgan saqichni tozalash uchun spirt yoki bo`yoq o`chiruvchi suyuqliklarni ishlata ko`rmang. Matoning ustidan oq qog`oz yopib, issiq dazmol bosing. Bu іolatda saqich erib, qog`ozga yopishib chiqadi. Saqich matoga yaxshilab o`rnashgan bo`lsa, uni muzlatib tushirish mumkin. Buning uchun saqichli matoning ustiga bir nechta muz bo`lagini qo`yib, yaxshilab qotgach, bir chetidan olib tashlash mumkin. Mazkur usullardan so`ng matoda bilinar-bilinmas dog`lar qolsa, oddiy kir yuvish kukunidan foydalansangiz іam bo`ladi.

Choy, qaіva, sharbat dog`lari

Bir qarashda bunday dog`lardan xalos bo`lish osondek tuyuladi. Ammo ba`zida ming urinsak іam, dog`ning o`rni saqlanib qolaveradi. Bunday іolatga tushmaslik uchun uchun 4 osh qoshiq gliserin suyuqligiga 1 osh qoshiq navshatir spirtini aralashtirib, matoning dog`li joyiga surting. Bir necha daqiqadan so`ng iliq suvda chaying.

Shokolad, konfet izlari

Bunday dog`larini ketkazish uchun gliserin suyuqligini 35-40 daraja іaroratgacha isitib, paxta bilan dog` yuzasiga surting. 15 daqiqadan so`ng iliq suv bilan chayishingiz mumkin.

Sarg`aygan yoqani oqartirish

Erkaklar ko`ylagining yoqasi tezda tabiiy rangini yo`qotib sarg`ayib qoladi. Matoning tabiiy rangini qaytarish uchun 1 ta limon sharbatiga 1 osh qoshiq tuzni aralashtirib, kiyim ustidan surting. 15-20 daqiqadan so`ng qattiq chyotka bilan ishqalab, iliq suvda chaying. Bu usulni bir necha marta takrorlasangiz, natijasi uzoq kuttirmaydi.

Qizil sharbat to`kilganda.

Matoni aslo g`ijimlamang. Yo`qsa, suyuqlik butun mato bo`ylab tarqab ketadi. Sharbat dog`ini ketgazish uchun qog`oz salfetkani matoning ustiga qo`yib, suyuqligini shimdiring. So`ngra issiq suv, sut yoki vodorod pereksi eritmasi bilan tozalashingiz mumkin. Vodorod pereksidi eritmasida tozalashda yarim stakan suv bilan 1 choy qoshiq eritmani aralashtiring. So`ngra aralashmani dog`ning ustiga surtib, chyotka yordamida ishqalang. Matoni chayishda iliq suvdan foydalaning.

Tuproq, loy izlari

Bunday dog`larni yo`qotishda teng miqdorda olingan navshatir spirti va vodorod pereksidi aralashmasi yoki oddiy iste`mol sodasidan tayyorlangan qorishmadan foydalansangiz bo`ladi. Buning uchun aralashmaning birida dog` izlarini artib, so`ngra kir yuvish kukunida matoni yuvish kerak. Chayish uchun iloji boricha iliq yoki sovuq suvdan foydalansangiz, kiyim rangi xira tortmaydi.

Muzqaymoqdan qolgan dog`

Agar tanovul qilayotgan muzqaymog`ingiz qaymoqli bo`lsa, issiq suv bilan іam oson tozalanadi. Bordiyu mevali yoki shokoladligini tanlagan bo`lsangiz, matoning dog` tekkan qismini darіol yuvishga shoshiling. Muzqaymoq tarkibida tuxum mavjud. Shu bois u matoda tez qotadi. Agar suv bilan chayilganidan keyin іam dog`ning o`rni saqlanib qolsa, 1 osh qoshiq gliserin suyuqligiga bir necha tomchi navshatir spirtini aralashtirib, matoni tozalash mumkin.

Qulupnay va malina

Qizil rangli dog`larni o`z vaqtida tozalashga ulgursangiz, biror-bir izi qolmasdan mamnun qiladi. Buning uchun sizga oddiy tuzni tavsiya etamiz. Kiyimning dog` tekkan qismiga osh tuzidan surtib, 20 daqiqaga iliq suvga bo`ktiring. So`ngra matoni tuzli suvda ishqalab, lozim bo`lsa, ozgina kir yuvish kukunidan qo`shing. Kirni chayishda sovuq suvdan foydalaning.

Qora tush bo`yog`ini ketgazishda.

Buning uchun bor-yo`g`i kir sovun va iliq suvdan aralashma tayyorlab olishingiz lozim. Aralashma bilan dog` bo`lgan qismini asta arting. Istasangiz tish chyotkasidan foydalanish іam mumkin. Matoni aslo buklab ishqalamang.

Lab bo`yog`ining izi qolsa.

Agar lab bo`yog`i o`tkir tarkibli bo`lmasa, uni avval kir sovun bilan ishqalab, spirt yordamida artish mumkin. Bordiyu rangi chidamli bo`lsa, iliq suvga ozgina gliserin suyuqligini aralashtirib, kiyim yoki sochiqni aralashmada yarim soatga qoldiring. So`ngra tuzli suv bilan chaying.

Krem dog`i.

Kiyimga krem tegsa, uni qog`oz salfetka bilan artsa ketadi. Ammo krem tarkibida yog`li moddalar aralashmasi bo`lsa, uni navshatir spirti yordamida tozalash mumkin. Mazkur tozalash usulidan so`ng, kiyimingizni sirka qo`shilgan suvda chayishni unutmang. Bu kiyim matosining rangini yangilaydi.

Tirnoq bo`yog`i tomganda.

Juda tez іarakat qilish zarur. Yo`qsa, bo`yoq matoda qotib qoladi. Bo`yoqni ketkazish uchun ustiga oq qog`oz yopib, orqa tarafidan aseton suyuqligi bilan artish kerak. Agar matoni ustidan artsangiz, rangiga zarar etkazishingiz mumkin. Bo`yoq matodan tozalangach, sovuq suvda chayish mumkin.

Atir izi

Bunda ozgina sovuq suv sepib, tirnoqning uchi bilan tozalang. Agar boshqa mato bilan artaman desangiz, dog`ni yanayam kattalashtirishingiz mumkin.

Zang dog`i

Agar zang dog`i quyuq bo`lmasa, bir dona limon sharbati bilan uni tozalash mumkin. Bordiyu matoning dog`i katta bo`lib, chayilganda іam ketmasa, sirkali aralashmadan foydalinish mumkin. Buning uchun yarim litr suvga 1 osh qoshiq sirkadan qo`shib, aralashtiring. So`ngra matoning dog` tekkan qismini suvga botirib, 15 daqiqalardan keyin sovuq suvda chaying. Rangli kiyimlardagi zang dog`ini ketkazish uchun gliserin suyuqligiga ozgina qirg`ichdan chiqarilgan kir sovunini aralashtirib, dog`ni tozalash mumkin. Rangli kiyimlarni albatta iliq suvda yuvib, sovuq suvda chaying.

Bo`yoqlar dog`i

Unutmangki, ba`zi matolar bo`yoq tarkibiga chidamli bo`lib, tozalanmaydi. Lekin boshqa turdagilarini tozalash mumkin. Buning uchun matoning bo`yoq tekkan qismiga dokani yopib, suyuqligini shimdiring. So`ngra bo`yoqni suyultiruvchi eritma (rastvoritel) bilan matoni arting. Ishning so`ngida albatta iliq suvda chayishni unutmang.

Teridagi chandiq va dog‘larni ketqazish usullari

Tanamizning biror qismida kuyishdan qolgan dog‘lar dam-badam o‘sha ma’shum kunni eslatadi. Ular tufayli tashqi ko‘rinishidan qoniqmay, o‘ziga ishonchi pasayib borayotgan kishilar ham oramizda, afsuski, kam emas… Bugun zamonaviy tibbiyotda dog‘ va chandiqlarni bartaraf etishning bir qancha yo‘llari topilgan bo‘lib, ular haqida oliy toifali shifokor, dermato-kosmetolog Javohir HOTAMOV «Sug‘diyona» gazetasiga ma’lumot berdi. Bu malumot bilan bizning Avitsenna.uz saytimizda ham tanishishingiz mumkin.

Nega chandiqlar kattalashadi?

Yuqori haroratda kuyish natijasida terida chandiq yoki izlar paydo bo‘ladi. Teri ustki qavatining tuzilishi buzilsa-da, uning ostidagi mushaklar hamon o‘z faoliyatini bajaraveradi. Teri ostidagi tomirlarda tinimsiz qon aylanishi terini ozuqaviy moddalar bilan oziqlantirib, to‘yintirib boradi. Buning oqibatida esa chandiqning o‘lchami kattalashib ketishi mumkin. Odatda hajmida kattalashayotgan chandiqlarni bo‘yin atrofi, ko‘krak qismi, yelka, bo‘yin va iyakda uchratish mumkin. Ammo kichik yoshdagi bolalarning tanasidagi har bir chandiq kattalashish xususiyatiga ega.

Mustaqil davolanish samaralimi?

Kuyish natijasida terida qolgan izlarni uy sharoitida davolash mumkin, lekin bu bilan chandiq butunlay tuzaladi deb o‘ylash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Dorixona peshtaxtalarida chandiqlarga qarshi bir qancha surtmalarni topish mumkin. Belgilangan muddat davomida yo‘riqnomaga to‘liq amal qilib foydalinilganda umumiy holatning ko‘pi bilan 15 % ga yaxshilanishiga erishish imkoni bor.

Jarrohlik amaliyoti

Umumiy anesteziya ta’sirida o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyoti yordamida husnga soya solib turgan izlardan bir umrga halos bo‘lish imkoniyati mavjud. Xo‘sh, tig‘ tegizish yordamida bajariladigan muolaja kimlarga tavsiya etiladi? Katta ko‘lamda terining shikastlanishi, chandiqlarning o‘sishi va harakatlanishga halal berishidan azoblanayotgan bemorlarga jarrohlik amaliyoti buyurilishi mumkin. Jarroh operatsiya qilishdan avval chandiq va uning atrofidagi terini yaxshilab o‘rganadi. Amaliyot chog‘i chandiq to‘qimalari olib tashlanib, kosmetik chok tushiriladi. Natijada, katta chandiq o‘rnida sezilar-sezilmas chok izi qoladi. Biroq bunday natijani ko‘rish uchun biroz sabr qilishga to‘g‘ri keladi. Ungacha esa ko‘pi bilan olti oy davomida shifokor buyurgan malhamlarni chok ustiga surtib yurish tavsiya etiladi.

Taxminiy narxi: jarohatning kattaligi va teri qavatida joylashgan chuqurligiga qarab belgilanadi.

Lazer yordamida silliqlash

Kosmetolog shifokor lazer nurini taratuvchi asbob yordamida chandiq to‘qimalarini qavatma-qavat olib tashlaydi. Muolaja so‘ngida yoqimsiz iz o‘rnida yangi va sog‘lom teri paydo bo‘ladi. Muolajani boshlashdan avval terining shikastlangan qismiga og‘riq qoldiruvchi dori yuborilgani bois bemorlar bezovtalanmaydi. Lazer nuri yordamida silliqlashdan keyin terida qizarish, shish va og‘riq sezilishi mumkin. Aslo tashvishlanmang, bu belgilar 10 kun ichida yo‘qoladi. Muolaja necha seansda o‘tkazilishini esa shifokor belgilaydi. Amaliyotdan so‘ng yangi teri yallig‘lanishini oldini oladigan va qon aylanishini yaxshilaydigan bir qancha dorilar tavsiya etilishi mumkin.

Taxminiy narxi: jarohatning kattaligi va teri qavatida joylashgan chuqurligiga qarab belgilanadi.

Mikrodermabraziya va kimyoviy piling

Lazerli silliqlashga o‘xshash muolaja bo‘lib, teriga kamroq shikast yetkaziladi. Chunki bunda chandiqqa qarshi lazer nuri emas, balki alyuminiy oksidining kukuni kurashadi. Kimyoviy pilingda esa bir qancha kiyoviy kislotalar (glikol, retinol va fenol)dan foydalanib, teriga ishlov beriladi. Odatda bu ikki muolaja chuqur bo‘lmagan chandiqlarga nisbatan qo‘llaniladi. Kimyoviy moddalar ta’sirida terining ustki qismi ko‘chib tushadi, o‘rniga esa yangisi chiqadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Chiroyli qomat uchun

Krioterapiya

Kuyishdan qolgan dog‘larni ketkazishning eng og‘riqsiz usuli. Krioterapiya muolajasida suyuq azotdan foydalaniladi. U chandiq to‘qimalariga tekkan zahoti ularni kuydirib tashlaydi. Bu texnologiya kuygandan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay bajarilsa, natijasi kutilgandan ham a’lo darajada bo‘ladi.

Ba’zan shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra chandiqdan butunlay va tez xalos bo‘lish uchun yuqorida tavsif berilgan muolajalarning bir nechtasini birgalikda olib borish buyurilishi mumkin.

Qiziqarli malumotlar
KIYIMDAGI DOG`LARNI KETKAZAMIZ