Kitob – ilm va hikmat manbai

Kitob – ilm va hikmat manbai

Xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, yetmish yildan buyon har yili oktabr oyida Germaniyaning Frankfurt shahrida «Frankfurt Buchmesse» xalqaro kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. «Frankfurt Buchmesse» xalqaro kitob anjumanida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi delegatsiyasi ham qatnashib kelmoqda. «Frankfurt Buchmesse» xalqaro kitob ko‘rgazmasi orqali O‘zbekistonning ma’naviy-ma’rifiy sohada erishgan yutuqlarini namoyish etish, sohaga oid salohiyatni boshqa mamlakatlarga ko‘rsatish, milliy adabiyotimizni dunyo xalqlari orasida keng targ‘ib etish imkoni tug‘ildi.

“Kitob – ilm va hikmat manbai!”

Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va mukaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobta muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog‘liq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida qo‘l keladi. Inson o‘zining fikrlash qobiliyati, ma’naviyat dunyosi bilan tirik. Odamni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi omillardan biri ham uning ma’naviyati hisoblanadi.

Xo‘sh, biz insonlar ma’naviy ozuqani qaerdan olamiz? Albatta, “bilimlar manbai” bo‘lmish kitobdan. Kitob – bebaho boylik ekani barchamizga ma’lum. Birorta san’at turini televidenie va radio, zamonaviy kompyuterlar imkoniyati va afzalliklarini inkor qilmagan holda aytish mumkinki, bularning hech biri kitob o‘rnini bosa olmaydi. Ayniqsa, badiiy kitoblar har bir kishida insoniy fazilatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini kengaytiradi.

2023 yilning 10 fevral kuni “TJBT” fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 1-sonli “TTJ”da istiqomat qiluvchi talabalar bilan “Bir kitobda ming tafakkur!” shiori ostida “Kitob – ilm va hikmat manbai” mavzusida kitobxonlik kechasi tashkillashtirildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan “TJBT” fakulteti “Yoshlar bilan ishlash” bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Raxmatov ochib berdi. Shuningdek u kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallashi, kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayverishi, kitob o‘qimagan insonning ongi esa ma’naviy qashshoqligicha qolaverishi va boshqalar to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng so‘zga “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri dos.A.Ch.Boboev, kafedra dotsenti G.D.Xasanovalar chiqishib, kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanishi, kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turishi, kitob bilan oshno bola yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayishi, ko‘p kitob o‘qigan kishining bilim saviyasi yuqori, muomala madaniyati yuksak, yetuk inson sifatida hayotda o‘z o‘rnini topa olishi va boshqalar to‘g‘risida ma’ruza qilishdi.

Shundan so‘ng so‘zga kafedra stajor o‘qituvchilari: X.Qurbonova Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanini, hamda N.Muxitdinova O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanini slaydlar orqali taqdimot qilib talabalarga tushuntirib berdilar.

Shundan so‘ng kafedra katta o‘qituvchisi N.N.Rasulova so‘zga chiqib, buyuk shoirlar, adiblar tomonidan yozilgan asarlar, kitoblar, romanlardan foydalangan holda savollar tuzib, talabalar bilan qiziqarli “Intellektual o‘yin” treningini o‘tkazdi. Talabalarning barchasi ushbu treningda faol ishtirok etishib, savollarga to‘liq javoblar berishdi.

Tadbir oxirida “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari barcha talabalarga buyuk shoirlar, adiblar tomonidan yozilgan kitoblarni sovg‘a qilishdi.

Tadbirda 30 nafardan ortiq talabalar ishtirok etishdi

Kitob – ilm va hikmat manbai

Darhaqiqat, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz ham kitob o‘qish bilan zehnlarini charxlab, komil inson bo‘lishgan. Zero, kitob o‘qish nafaqat savodxonlik va ta’lim imkoniyatlarini oshirish imkoniyatiga ega, balki insonning ichki dunyosini go‘zallashtirib, uning sayqallanishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham erta yoshdan kitobga oshno bo‘lish, xususan badiiy adabiyot mutolaa qilish insonning yetuk va komil shaxs bo‘lib yetishishida katta xizmat qiladi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, bolalar uchun ovoz chiqarib o‘qish erta bolalik davrida qobiliyatlarni rivojlantirishning kalitidir. Amerika Qo‘shma Shtatlari Pediatriya Akademiyasining bayonotlarining birida, ota-onalar farzandlari tug‘ilganidan boshlab, ularning chaqaloqlari uchun ovoz chiqarib o‘qish zarur deb e’tirof aytadilar. Nafaqat, dunyoviy olimlar, balki diniy ilm izlanuvchilari ham mazkur fikrni ilgari suradilar. Biroq, bu borada kam ta’minlangan oila farzandlarining imkoniyatlari cheklanganlik holatlari kuzatiladi.

Shu tufayli davlatimiz tomonidan mazkur muammoga yechim topish maqsadida, bunday oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish va bolalar savodxonligini erta rivojlantirishga qaratilgan chor-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan. Bunda maktablar, mahallalar va mahalliy xokimiyatlar xizmatlaridan keng foydalaniladi. Xususan, Sharq ziyokori, Hilol nashr, O‘zbekiston, Sharq kabi nashriyotlar va matbaa korxonalari tomonidan kitob ko‘rgazmalari tashkil qilinmoqda.

Bundan tashqari, sahovatpesha insonlarning ko‘magi tufayli bir qancha oilalar kitoblar bilan ta’minlanib kelmoqdalar. Kuzatuvlar va tahlillar natijalari bu sohada o‘z yechimini kutayotgan muammolar borligi va ularning keng miqyosda hal etilishi uchun jamoatchilik ishtiroki zarurligini ko‘rsatmoqda. Xususan, aholining o‘quv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, o‘quv va ilmiy-ommabop kitoblarga bo‘lgan talabini qondirish, bugungi kunda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘liq muhim masalalarga yechim topish iste’mol madaniyatini oshirish borasida dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, yetmish yildan buyon har yili oktabr oyida Germaniyaning Frankfurt shahrida «Frankfurt Buchmesse» xalqaro kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. «Frankfurt Buchmesse» xalqaro kitob anjumanida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi delegatsiyasi ham qatnashib kelmoqda. «Frankfurt Buchmesse» xalqaro kitob ko‘rgazmasi orqali O‘zbekistonning ma’naviy-ma’rifiy sohada erishgan yutuqlarini namoyish etish, sohaga oid salohiyatni boshqa mamlakatlarga ko‘rsatish, milliy adabiyotimizni dunyo xalqlari orasida keng targ‘ib etish imkoni tug‘ildi.

2019 yilning 2-4 oktabr kunlarida esa O‘zekspomarkazda O‘zbekistonda ilk bor “Tashkent Book Fest” xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro ko‘rgazma-yarmarka ochilish marosimida mas’ul vakillar, O‘zbekistondagi elchixona va xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ul vakillari, ijodkorlar, jurnalistlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro ko‘rgazma-yarmarka nafaqat kitoblar namoyishi, balki soha xodimlari va ishtirokchilar uchun o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bir so‘z bilan aytganda, yangi texnika va texnologiyalarni, yangicha yondashuvlarni joriy etishda yana bir muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, yurtimizda kitob va kitobxonlikni yo‘lga qo‘yish, sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va aholi orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishda izchil va say’-harakatlar amalga oshirilmoqda. Fikrimcha, bu borada nafaqat hukumatimizning tegishli soha vakillari, balki har bir shaxs o‘z hissasini imkon darajasida qo‘shishi maqsadga muvofiqdir.

Zulfiya Po‘latova,
Toshkent davlat yuridik universitetining
Ixtisoslashtirilgan filiali
Umumta’lim fanlar
kafedrasi katta o‘qituvchisi

Kitob bilim manbai

KITOB – BILIM MANBAI
Kitob bizning haqiqiy hamroh va sodiq do’stimiz. Kitob o’zida mujassam etgan bilimlar hayotimiz ichra nur, madaniyatga, ma’rifatga , ma’naviyatga chorlovchi jaholatdan qaytarguvchi tilsim va bizni ko’klarga ko’targuvchi zinalarning tamal toshi bo’lib xizmat qiladi , desak, mubolag’a bo’lmaydi. Kitob o’qigan insonlar el-yurt o’rtasida hurmat e’tiborga erishishgan, erishishyapti va albatta, erishishadi. Buyuk alloma , davlat arbobi, astronom, mutaffakkir va buyuk iste’dod sohibi bo’lmish Mirzo Ulug’bek bobomiz ham qirq yil mobaynida kitoblar to’playdilar va ular zeb-u ziynatni emas, balki, kitoblarni chin xazina deb biladilar. Umrlari so’nggida esa o’zlaridan emas, Movarounnahrdagi ilm-fan taraqqiyoti , ahli- urfon , ilm ahli va o’zlari to’plagan chin xazina uchun qayg’uradilar… Ajdodlarimiz kitobga mehr qo’yishgan va O’zbekistonimizning nomi yuksaklarga ko’tarilishi uchun juda katta xizmatlari singgan. Qadimda ilm-fan uchun yuksak kashfiyotlar qilgan ilm ahli bid’at-u xurofotni o’ziga do’st tutgan mutaassib shayxlar tomonidan ,,dahriy’ deb e’lon qilinganligi uchun juda kata ma’naviy va jismoniy azoblarni boshlaridan o’tkazishgan…
Aytishlaricha, qadimda kitoblar hayvon terilariga , daraxt po’stloqlariga va sopol taxtachalarga yozilgan ekan. Hozirgi kunda esa biz uchun barcha sharoitlar yaratib berigan. Ilm ahliga esa hurmat, e’tibor ko’rsatilmoqda . Ona Vatanimizda ilm-fan taraqqiy etmoqda. Shunday ekan, biz Ona Vatanimizga munosib farzand bo’lib, O’zbekistonimizni yanada nurli manzillar tomon boshlash biz uchun ham qarz, ham farzdir.

Do’stlaringiz bilan baham:

Qiziqarli malumotlar
Kitob – ilm va hikmat manbai