Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi
uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bo`yicha – Ekologiya va atrof muhitni muhofaza etish davlat qo`mitasi;
O’zbekistonda yo’qolib ketgan deb hisoblangan, noyob yovvoyi nok daraxti topildi
O’zbekiston olimlarini ajablanishi va xursanchiligini cheki bo’lmadi. O’zbekiston «Qizil kitobi»ga – O’rta Osiyo noki (Pyrus asiae mediae) nomi bilan kiritilgan daraxtni bugungi kunda uchrashi, kutilmagan omaddir. «Ekologik xabarnomasi» jurnalini sahifalarida, shuningdek www.econews.uz saytida, Global ekologik fondi va Xalqaro biorang-baranglik tashkiloti ko’magida, O’zbekiston olimlarini Markaziy Osiyo agrobiorang-baranglikni va turi bir xil bo’lgan yovvoyi o’simliklarni saqlash borasidagi loyihasini e’lon qilingan. Bu loyiha besh yilga mo’ljallangan va mevali daraxtlarni yovvoyi urug`doshlarini, va «tabiyi seleksioner» yaratgan o’simliklarni o’rganib, dunyo ahamiyatiga ega kolleksiyani yaratish ko’zda tutilgan. O’zbekiston uchun ajratilgan birinchi o’rindagi o’simliklar yovvoyi arpa, bodom, pista, yong`oq, olma.
Bu loyihada, O’zbekiston o’simlikshunoslik Ilmiy-tekshirish instituti, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi o’simliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi, manzarali daraxtlar va mevali ko’chatlar o’stirish bo’yicha Respublika Ilmiy-ishlab chiqarish markazi mutaxassislari, faoliyat olib bormoqdalar. Loyiha asosida, olimlar o’simliklarni tarqalib o’sayotgan zamonaviy pista, yovvoyi arpa, bodom, grek yong`og`i, olmani, yovvoyi holda o’sayotgan urug`doshlarini katta yer maydonlarni tekshirib chiqishdi.
Olimlarni kuzatishlari, bo’yicha ko’pgina yo’qolib bormoqda, shuningdek, ularni vatani bo’lgan Tyan-Shan tog`i yon bag`irlarida ham. Mana shunday ekspeditsiyalardan birida, G`arbiy Tyan-Shan tog`ida yo’q bo’lib ketgan noyob yovvoyi nok daraxti topildi. Toshkent viloyati, Bostonliq tumani, Burchimulla qishlog`ida istikomat qilayotgan Shoyunusov Shorasul tamorqasida yuz yoshli, yovvoyi nok daraxti, yaxshi saqlangan holda o’smoqda. Bu daraxt O’zbekiston «Qizil kitobiga» O’rta Osiyo noki (Pyrus asiae mediae) nomi bilan kiritilgan. Bu vaqtgacha, yovvoyi nokni yagona aniqlangan joyi, Toshkent viloyati, Ispay-Mullali qishlogi atrofidagi, Pskom daryosi bo’yidagi vodiy edi. Loyiha mutaxassislarini gapi bo’yicha yovvoyi nokni mevalari yirik, yuqori hosildor, zamburug`lik kasalliklarga va meva qurtlariga chidamli. Hozirgi vaqtda bu daraxt navini ko’paytirish choralari ko’rilmoqda. Agarda, biz madaniylashtirilgan o’simliklarni avlodi bo’lgan, yovvoyi o’simlik turlarini saqlasak, ularni genlaridan fodalanib serhosil, qurg`oqchilikka va sovuqqa, zararkunandalarga chidamli, navlarini yetishtirishimiz mumkin.
Mutaxasislarni gapi bo’yicha, O’zbekiston mintaqasida, 4500 turdagi yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar, 2000 turdan ortiq zabrug-qo’ziqorinlar hisobga olingan. Ulardan 400 ga yaqini kamyob, endemik va relikt turlariga mansub, ularni saqlashni samarali yo’llarini qidirmoq lozim.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.
Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi
5817 Kitob milliy geologik qo‘riqxonasi Kitob tumanida Zarafshon tizmasi tarmoqlarida joylashgan bo‘lib juda noyob tabiat yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu erga kelgan sayyohlar qadimgi dunyo tarixini ushlab ko‘rishlari, sayyoramizda hayot shakllanish jarayonini ko‘rishlari mumkin. Qo‘riqxonaning maydoni 3938 gektarni tashkil etadi. Mutlaq balandliklar 1300-2650 m.ni tashkil etadi. Rel’yefi o‘rta-tog‘li, keskin kesilgan, yuqori qismida qoyali va pastki qismida biroz tekis. Qo‘riqxonaning hududidan Obi-Safit, Xo‘ja-Qo‘rg‘on, Zinzilbon, Novobak, Qushnova soylari go‘zal tabiat burchaklari hosil qilib oqib o‘tadi. Kitob qo‘riqxonasi, 1979 yilda Yerning geologik tarixi uchun tabiiy-ilmiy ahamiyatga ega paleontologik va stratigrafik yodgorliklarini muhofaza qilish va ularni muntazam tarzda o‘rganish va muhofaza qilish hamda tabiatni muhofaza qilish g‘oyasini ommalashtirish maqsadida yaratilgan. Qo‘riqxonaning hududi paleozoyning dengiz cho‘kindi qatlamlaridan tashkil topgan. paleontologik va stratigrafik kesimlari, Qo‘riqxonaning asosiy qimmatli qismidir. Bular, tog‘ jinslari paydo bo‘lish jarayoni va ulardagi toshga aylangan organik shakllarni kuzatish imkonini beruvchi tog‘ jinslaridir. Organik qoldiqlarning ko‘pligi va xilma-xilligi, qo‘riqxona yotqiziqlarning yoshini aniqlash uchun juda qimmatlidir. Qo‘riqxonadagi toshlar va ularda saqlanib qolgan organik qoldiqlar sayyoramizning geologik tarixi, 470-330 million yil oldin sodir bo‘lgan voqealar haqida bizga ma’lumot beradi. Ushbu hayvonlarning qoldiqlari tog‘ jinslarida 18 guruh miqdorida saqlanib qolgan. Kitob qo‘riqxonasining tirik tabiati ham boy va xilma-xildir. Uni o‘rganish va saqlab qolish bilan bog‘liq muammolar – biologlarning asosiy g‘amxo‘rligidir. Bu yerda tomirli o‘simliklar dunyosi vakillarining 800 turi mavjud bo‘lib shulardan 22 tasi O‘zbekistonning “Qizil Kitobi” ga kiritilgan. Ular orasida guruhlarinig holatini sinchkovlik bilan kuzatish talab etiladigan yuqolib ketayotgan turlar ham bor. Qo‘riqxona o‘simliklar dunyosi vakillarining 19 turi, o‘simliklar dunyosining o‘ziga xos vakillaridir. Qo‘riqxonada, O‘zbekistonda uchraydigan dorivor o‘simliklarning 300 xili uchraydi. Hayvonot olami, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar turlarinin o‘z ichiga oladi. Qo‘riqxonada, kapalaklarning 80 dan ortiq turi aniqlanib, ulardan to‘rttasi “Qizil Kitob” ga kiritilgan. U yerda, umurtqali hayvonlarning 168 turi uchraydi, ularning 13 tasi O‘zbekistonning “Qizil Kitobi” ga kiritilgan va qattiq muhofaza ostiga olingan. Qo‘riqxonaning maxsus inspektsiyasi ularni qo‘riqlash bilan shug‘ullanadi. Kitob geologik qo‘riqxonasida go‘zal manzarali joylar juda ko‘p. Atrofi bo‘ylab “Xo‘ja Qo‘rg‘on” kesmalari joylashgan Xo‘ja Qo‘rg‘on darasi ham shular jumlasiga kiradi. Shovqinli, ko‘plab sharsharalardan iborat tog‘ daryosi bo‘ylab daraxt-butali va o‘tli o‘simliklarning deyarli barcha turlari o‘sib yotganini ko‘rish mumkin. Qo‘riqxonaning dala bazasi, Xo‘ja Qo‘rg‘on soyining quyilish joyida, Shahrisabzdan 50 km. uzoqlikda joylashgan. Bu yerda, paleontologik va bilologik muzey, 150 kishiga mo‘ljallangan majlislar zalini o‘z ichiga olgan idora joylashgan. Ikki o‘rinlik xonalari bo‘lgan ikkita yotoqxona, mehmonxona, oshxona ishlab turibdi qo‘riqxona xodimlari yashaydigan kottejlar mavjud. Bu yerda sayyohlar uchun so‘qmoq va tomosha joylari jihozlangan. Qoyalarda 470 million yil avval paydo bo‘lgan qadimiy marjonlar va dengiz qoldiqlarini ko‘rish mumkin. Shunisi ajablanarliki, 140 million yillar avval bu yerda iliq dengiz havzasi joylashgan. Qo‘riqxonaning asosiy diqqatga sazovor joyi – tog‘lar va ularda saqlanib qolgan qadimiy hayot shakllarining paydo bo‘lish jarayoni tarixini yaqindan kuzatish imkoniyatidir. Shuningdek bu yerda muzey va paleontologiya muzeylari joylashgan. Xarita
Qizil kitobni tayyorlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haq Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Nizomga muvofiq, Qizil kitob O`zbekiston hududida kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o`simliklar muhofazasi, ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.
Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish bo`yicha vakolatli davlat tashkilotlari etib quyidagilar belgilandi:
uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bo`yicha – Ekologiya va atrof muhitni muhofaza etish davlat qo`mitasi;
uni nashr etishga tayyorlash bo`yicha – Fanlar akademiyasi.
Nizomga ko`ra, Qizil kitobga hayvonot va o`simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bo`yicha takliflar va tavsiyalarni Fanlar akademiyasining Zoologiya hamda Botanika institutlari ishlab chiqadi.
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish bo`yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yo`qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o`simliklarni muhofaza qilish bo`yicha idoralararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) kamyoblik maqomi va yo`qolib ketish xavfiga ko`ra quyidagi kategoriyalarga mansub bo`ladi:
- kategoriya 0 – (“Ehtimol yo`qolib ketgan”);
- kategoriya 1 – (“Yo`qolib ketish arafasida”);
- kategoriya 2 – (“Miqdori va/yoki tarqalishi kamayib ketayotgan”);
- kategoriya 3 – (“Kamyob”);
- kategoriya 4 – (“Maqomi aniqlanmagan”);
- kategoriya 5 – (“Tiklangan yoki tiklanayotgan”).
Kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o`simliklarning davlat kadastri qonunchilikda belgilangan tartibda Fanlar akademiyasi tomonidanyuritiladi.
Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) tadbirlari quyidagi bosqichlardan iborat:
Qiziqarli malumotlar
Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi