Kitob – Asarlar

Kitob – Asarlar

Вот Снова Вечер Настал Вино Бокалов Хрусталь

Kitob haqida asarlar

Detektiv Radio Kitoblar

New Eurodance 2023

Хамдам Собиров 2023

Не Судите Меня Люди У Меня Икра На Блюде А В Бокале Плещется Вино

Волк И Волчица Песня

Вот Снова Вечер Настал Вино Бокалов Хрусталь

Зарабони Калб Кисми 1

Песни Из Тик Тока 2017

Флэшмоб Посвящённый Дню Вооосоединения Крыма И России

Мо Алокамун Бо Хам Хеле Шадиде

История России 7 Класс 16 Параграф

Ани Лорак Запомни Эту Любовь

Sally Face Song Of Guitar

Рассказы О Космосе Для Сна

Звуки Для Виброколонки

Spiny And Sky Blue Spiny Gets Grounded

Симба Лучший Симба Класс

Насколько Это Было Больно Достаточно Тик Ток

Будильник С Чимином

Музыкальная Игра Дождик Сл Л Халитовой Муз Е Фирсовой В Детском Саду

Музыка Из Фильма Долгий Путь Домой

Воробей Дискотека 80

Сергей И Елена Пушкины Все Песни

И Наступает Эта Ночь Меня Не Лечит Этот Дым Меня Убила Твоя Правда И Я Остался Тут Один

Даже Если Против Нас Будет Весь Мир

Зеркало Что С Моим Разумом Сделала Ты

Танковая Буря Аудиокнига

Kitob – Asarlar

U payt palto kiymas edi qish, Qo‘lqopi yo‘q edi qo‘lida, Qish — yamoqli, ardoqli kalish — Oyoq qo‘ysang — qorga ko‘milar.

Usmon Azim

Vaqt kelar — dunyoning boqchalaridan.

Sizning vaqtingizni olmayman bekor, Axir, har bir satr so‘mli, tiyinli. Ammo she’r so‘ngida bir savolim bor: Vijdon bilan yashash shuncha qiyinmi?

Usmon Azim

Kafechalar, nochor kulgular.

Kafechalar, nochor kulgular, Tramvaylar shovqini aro — Va’da etib menga yog‘dular, Yuragimda sen bo‘lding paydo.

Usmon Azim

Ketmang dedi, uzoq yalindi.

Ketmang dedi, uzoq yalindi. Men o‘zimni soldim lohasga. Yuragimning yarmi tilindi. Va o‘zimni irg‘itdim pastga.

Shavkat Odiljon

Notiq

Notiq ryumkani olib o’rnidan turdi. Qoshlari chimirildi, rangi bir oz o’zgardi, avval ryumkaga, keyin uyining burchagiga qarab so’z boshladi: – O’rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil to’lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga! Xotin bu muqaddimani hazil gumon qilganligi uchun qiyqirib chapak chaldi. Notiq yana ham jiddiyroq qiyofada davom etdi: – Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz o’z hayotimizda qat’iy burilish yasab, zo’r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo’ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak, endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o’zingizga ma’lum bo’lganligi uchun bunga keng ravishda to’xtab o’tirishni lozim ko’rmayman. Notiq oila to’g’risida o’z fikrini bayon qilganidan so’ng “Xotin va sotsializm” degan kitobning bir yeridan uch, yana bir yeridan ikki, yana bir yeridan bir yarim sahifa o’qib berdi.

Abdulla Qahhor

Hilviroq kitob

Hilviroq kitobni zarb bilan yopdim, Ko‘hna bo‘y urilib buzdi ko‘nglimni. Xazon to‘shagidan bir gavhar topdim: Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi. Bulutlar uchrashdi chaqmoqlar otib, Chaqmoq – sog‘inchlarning oydin gulimi? Yomg‘ir shivirladi to‘kilayotib: Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi. Daryo quchog‘ida tosh qotgan toshlar, Eshitib zerikkan sevgi o‘lanin. Daryo to‘rt tomonga o‘zini tashlar: Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi. Yolg‘izim, bizlarni siyladi taqdir, Ming usulda to‘sdi borar yo‘limni. Sevgimiz bezavol yashaydi, axir – Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi. 1997

Iqbol Mirzo

Muhammad Yusuf

Yomonga o‘lim yo‘q, yaxshiga kun yo‘q, Tomiringga qo‘shib olishar uzib. Bobur yo‘q, Cho‘lpon yo‘q, Majnun yo‘q, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf. Bir qiz yig‘lab borar, soddagina qiz, Yig‘lar kitob bilan yuzini to‘sib. Balki sevgilingiz, balki singlingiz, Muhammad Yusuf yo‘q, Muhammad Yusuf.

Iqbol Mirzo

Zulfiya

«Zulfiyaga qarama, Naq enangni ko‘rasan! Meni yaxshi ko‘radi, So‘ra, kimdan so‘rasang!» Kaltak yerdi Abdulla, Kaltak yeb ham qaytmasdi. – Ol-e, o‘sha Zulpini, Kerakmas! – deb aytmasdi.

Iqbol Mirzo

Agar jannat ko‘kda bo‘lsa

Olisdagi mahmadana, eski olchoq, Menga qadam tashlamoqni o‘rgatmagin! O‘zingga boq, keyin mayli nog‘ora qoq, Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagin! Tinchlikni deb yurak bag‘ri kuyik el bu, Yaratganning qoshida eng suyuk el bu! O‘tmishi ham, ertasi ham buyuk el bu, Menga qanday yashamoqni o‘rgatmagin!

Iqbol Mirzo

Lolaqizg’aldoq

Lolaqizg’aldoq – eng go’zal va nafis gul. Lolaqizg’aldoq – bag’ri qon ayol. Garchi bu she’r Shavkat Rahmon tilidan uning oila a’zolariga bag’ishlab yozilgan bo’lsa-da, unda Muhammad Yusufning ham o’z qismati ko’rinadi. She’rdagi dard, iztirob yuki shu qadar og’irki, uni o’qigan kitobxon tabiiy ravishda lirik qahramon dardini his qiladi va qalbida unga hamdardlik hissini tuyadi.

Muhammad Yusuf

Alpomish xususida shoir do’stimga maxfiy xat

Mazkur she’r zamonning kirdikorlarini, jirkanch qiyofasini yaqqol ochib beruvchi ko’zgudir. Unda jamiyatimizda uchrovchi illatlar pardalanmagan, berkitilmagan holda ochiq va oshkora tarzda yoritib berilgan. Bu zamonda Alpomish uxlamoqda. Shoir uni uyg’otmoqqa qodir. Ammo u buni istamaydi. Negaki uni uyg’otishdan ma’ni yo’q. Chunki bu zamonda Alpomishga o’rin yo’q – mardlikka hojat yo’q. Agar u uyg’onsa, yo atrofidagi xunrezliklarni ko’tara olmay o’lib qoladi yoki u ham shu zamonga moslashib, o’z alpligini yo’qotadi.

9-aprel – Amir Temur tavallud topgan kun. Buyuk sarkarda haqida qanday kitoblar yozilgan?

9-aprel dunyoga mashhur jahongir, Xilda Xukxem ta’biri bilan aytganda “Yetti iqlim hukmdori”, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. “Daryo” sana munosabati bilan bugungi maqolada Amir Temur hayoti va faoliyati haqida yozgan mualliflar va ularning ba’zilarining asarlarini tahlil qiladi.

Amir Temur hayoti haqida ko‘plab mualliflar uning hayotlik davridan boshlab kitoblar yozib kelgan. U haqidagi manbalarni birlamchi va ikkilamchi manbalar sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Birlamchi manbalar sifatida uning hayotlik davrida va u bilan zamondosh mualliflar tomonidan yozilgan kitoblarni keltirish mumkin. Ikkilamchi manbalar esa vafotidan ancha keyin yozilgan kitoblar hisoblanadi.

Foto: Google Photos

Birlamchi manbalar

Amir Temur saroyida uning juda ko‘plab shaxsiy kotiblari bo‘lgan. Ular muttasil ravishda uning hayot va faoliyati bilan bog‘liq voqea-hodisalarni yozib borgan. Lekin ular kitob shaklida bo‘lmagan, balki xronika tarzida, davlat hujjatlari sifatida eski turkiy tilidagi uyg‘ur yozuvida yozilgan. Ammo ularning asl nusxalari haligacha topilmagan deb hisoblanadi.

Amir Temur hayoti haqidagi eng birlamchi manbalar:

  • G‘iyosiddin Ali ibn Jamol al-Islomninng Amir Temurning Hindistonga yurishlari haqidagi xotiralari;
  • Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari;
  • Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” asari;
  • Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari;
  • Kastiliya va Leon elchisi Rui Gonzales de Klavixoning “Samarqandga sayohat kundaligi” xotiralari;
  • Sultoniyalik arxiyepiskop, Fransiyaga Temur elchisi sifatida yuborilgan Iaonning “Temur hayoti va saroyi” xotiralari;
  • Tunislik tarixchi, geograf Ibn Xaldun xotiralari.

G‘iyosiddin Alining kundaligi fors tilida, o‘sha davr uchun xos bo‘lgan nazmiy shaklda, qasidasimon qilib yozilgan. Uning Hindiston safarida o‘zi ishtirok etgani yoki voqealarni guvohlar tilidan yozib olgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Yagona nusxasi Toshkentda saqlanmoqda. Asarning yozilish usuli Temurga yoqmagan degan qarashlar ham bor.

Navbatdagi asar Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari. Nizomiddin Shomiy Tabriz yaqinidagi Shama shahrida tavallud topgan. Uning hayoti haqida ma’lumot juda kam. Uning Sohibqiron bilan uchrashuvi 1393-yilda Bag‘dodda sodir bo‘lgan. Keyinchalik 1401-yilda Temur uni Shomga chaqirib, o‘zining munshiylari va kotiblari tomonidan yozilgan tarixlarni to‘plab, hamma tushunadigan sodda tilda bir kitob shakliga keltirishni buyuradi.

  1. Amir Temurning munshiylari va kotiblari tomonidan nazm hamda nasrda forsiy va turkiy tillarda bitilgan kundaliklar va bitiklar. Yuqorida aytganimizdek, ular bizning davrimizgacha yetib kelmagan.
  2. Muallifning o‘zi 1400–1404-yillar davomida uning yurishlarida qatnashgan va guvoh bo‘lgan voqealar. Bu o‘rinda u keltirgan faktlarga shubha bo‘lishi mumkin emas.
  3. Yuqorida nomi tilga olingan G‘iyosiddin Alining “Ro‘znomayi g‘azavoti Hindiston” asari.

“Zafarnoma”da XIV va XV asr boshidagi Temur va temuriylar hukmronligi davridagi Markaziy Osiyo, Oltin O‘rda, Ozarbayjon, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya kabi mamlakatlar tarixiga oid voqealarni o‘z ichiga oladi. Asar muqaddimasida 1360-yilgacha bo‘lgan chingiziylar haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

So‘ng XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshidagi Temur yurishlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Asar 1404-yil mart oyidagi Temurning Ozarbayjonning Qorabog‘ida turgani voqeasi bilan tugallanib topshiriladi. Asarning Temur davriga oid qimmatli ma’lumotlar berishidan tashqari yana bir muhim jihati — o‘zidan keyin Temur hayotiga doir yozilgan ko‘plab kitoblarga manba sifatida xizmat qilganligidir.

Tarixchilar keng ommasi tomonidan Amir Temur hayoti haqida mukammal asar sifatida baholanadigan navbatdagi asar Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asaridir. Yazdiy asarni Shohruh Mirzo buyrug‘iga binoan 1425-yilda yozib tugatadi. U asarni yozishda o‘zidan oldingi mualliflarga murojaat qiladi. Nizomiddinning asari, yuqorida aytganimizdek, Temur hayotining so‘nggi yilini bayon qilmaydi.

Yazdiyning asari turk xoqonlari va mo‘g‘ullarga bag‘ishlangan muqaddima bilan boshlangan hamda Amir Temur hayotining sahifalari mufassal bayon etilgan. Mazkur asar ilk bor XVI asrda fors tilidan eski o‘zbek tiliga Shayboniy Ko‘chkunchixon buyrug‘iga ko‘ra Muhammad Ali ibn Darvesh Ali al-Buxoriy tomonidan tarjima qilingan. 1519-yilda tarjima qilingan ushbu asar eng mukammal tarjima hisoblanadi.

Asar yana ikki bor eski o‘zbekchaga tarjima qilingan. Ulardan biri noma’lum tarjimon tomonidan Yaroqbiy Qo‘ng‘irot degan kishi buyrug‘iga binoan 1550-yilda tarjima qilingan bo‘lsa, ikkinchisi 1826-yili Shermuhammad Munis tavsiyasi bilan Xivada Xudoyberdi ibn Qo‘shmuhammad So‘fi Xevaqiy tarafidan qilingan. Ammo Xivadagi tarjima ancha qisqartirilgan shaklda edi.

Samarqanddagi Amir Temur haykali. Foto: Google Photos

Mazkur asar 1722-yili Fransiyada Petis de la Krua tomonidan Lui XIV hukmronligi davrida fransuz tiliga tarjima qilindi. Bir yildan keyin fransuz tilidan J. Darbi tomonidan ingliz tiliga o‘girildi.

Yana bir muhim manba bu, shubhasiz, Ibn Arabshohning “Ajayib al-Maqdur fit-tarixi Taymur” asaridir. Asar ikki jilddan iborat bo‘lib, birinchi jildda Sohibqironning bolaligi, Samarqand taxtini egallashidan vafotigacha bo‘lgan davr bayon etilgan bo‘lsa, ikkinchi jildda uning vafotidan keyin sodir bo‘lgan voqealar, taxt uchun kurashlar bayon etilgan. Asarning ahamiyati shundaki, muallif o‘z ko‘zi bilan guvoh bo‘lgan voqealarni bayon qilgan.

Asarning yuqoridagilardan farqli jihati shundaki, u arab tilida yozilgan va Temur shaxsiyatiga negativ baho berish orqali yondashilgan. Yuqoridagi va boshqa ko‘plab mahalliy mualliflarning, jumladan, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Muiniddin Natanziy kabilarning asarlarida Temur shaxsiyati ulug‘lansa, Arabshohda yuqorilarga teskari tasvirlanadi.

Masalan, Temurning oqsoqlanishi hodisasini boshqa mualliflar jang paytida sodir bo‘lgan desa, Arabshoh qo‘y o‘g‘irlash jarayonida sodir bo‘lgan deya uning yoshligini qaroqchilarga qiyoslaydi. Buning sababi esa Arabshoh asli suriyalik bo‘lib, Temurning Shomdagi g‘alabasidan keyin asir tushib Samarqandga olib kelingani edi. Shuningdek, muallif Damashqning vayron qilinganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani ham uning qalbida qandaydir dog‘ qoldirgan bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, Arabshoh Temurning kuchli shaxs bo‘lganini ham tan oladi.

Arabshoh asari keyingi davrdagi Yevropa tarixchilari tomonidan Temur hayotiga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblarda asosiy manbalardan biri sifatida keng foydalanib kelindi. Asar ohangiga ta’sir qilgan yana bir omil shuki, u Samarqanddan ketgach, Xorazm, Mo‘g‘uliston, Dashti Qipchoq, Saroy, Astraxan, Turkiya kabi ko‘plab Temur tomonidan birma-bir zabt etilgan shahar va davlatlardan o‘tgan va u yerdagi aholidan Temur haqidagi hikoyalarini tinglagan. Shular asosida vujudga kelgan asarning bunday ohangga ega bo‘lishi tabiiy jarayon. Ba’zi tarixchilar Arabshohning mazkur asarini eng obyektiv yozilgan asarlardan biri sifatida ko‘radi.

Keng jamoatchilik tomonidan tan olingan yana bir muhim manba Kastiliya va Leon qiroli Genrixning elchisi Rui Gonsalez de Klavixoning “Samarqandga sayohat kundaligi” xotiralaridir. Amir Temurning Usmonli sultoni Boyazid Yildirim ustidan g‘alaba qilgandan keyin Seviliyadan dengiz orqali Samarqandga qarab otlangan elchi yo‘lda yuz bergan voqea-hodisalarni, Temur mamlakati hududida eshitgan rivoyat va hikoyalarni birma-bir hikoya qilib bergan.

Qashqadaryodagi Amir Temur haykali. Foto: Google Photos

Asarda O‘rta Yer dengizi, Kichik Osiyo, Qora dengiz bo‘ylari mamlakatlari, Shom, Ozarbayjon, Eron, Xuroson o‘lkalari tabiati va geografiyasiga oid ma’lumotlar ham o‘rin olgan. Uning temuriy shahzodalar Mironshoh va Shohruh Mirzolar bilan uchrashuvlari, Temur davlati xavfsizlik, pochta xizmati, shuningdek, elchilarga ko‘rsatiladigan hurmat-izzat haqida qimmatli ma’lumotlari mavjud.

Asardan Temur davriga oid qurilishlar haqida ham manbalar keltirilgan. Jumaladan, Shahrisabzdagi Oqsaroy, Samarqanddagi Jome masjidi, Muhammad Sulton maqbarasi va boshqa ko‘plab shaharsozlik ishlari, Temur bog‘lari va saroylari, ularning tuzilishi va u yerda tashkil etilgan qabul marosimlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Temur hayotlik chog‘ida u bilan uchrashgan va uni ko‘rgan Sultoniya arxiyepiskopi Ioann, Bavariyalik Shiltberger, tunislik Ibn Xaldunlar ham Sohibqiron haqida ancha ma’lumotlar yozib qoldirgan.

O‘zbek tarixchiligida katta e’tibor beriladigan, bevosita Amir Temurning o‘zi tarafidan yozilgani iddao qilinadigan mashhur “Temur tuzuklari” XVI asrda topilgan bo‘lib, ko‘plab tarixchilar tomonidan haqiqiyligi shubha ostiga olinadi. Mutaxassislarning fikricha, u yerda yozilgan ma’lumotlar Yazdiyning “Zafarnoma”si bilan bir xil. Yana bir sabab tuzuklar haqida Temur haqida yozilgan kitoblarda ma’lumot yo‘qligidir.

Ikkilamchi manbalar

Ikkilamchi manbalar sifatida Amir Temur vafotidan keyin o‘zigacha mavjud asarlar asosida va yozilgan asarlar hamda yevropalik va mahalliy bir qator temurshunos tarixchi olimlarning asarlarini keltirish mumkin. Ali Yazdiy va Ibn Arabshohning asarlari Temur vafotidan keyin yozilgan bo‘lishiga qaramasdan ularni birlamchi manba sifatida kelishiga ulardagi mukammallik sabab qilib ko‘rsatiladi.

Birlamchi manbalarni to‘ldirib keladigan asarlar yaratgan mualliflar qatoriga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin. Ushbu mualliflar o‘zlarining tarixga atalgan asarlarida Temur hayoti haqida ham hikoya qilgan va o‘z kitoblarida unga boblar bag‘ishlagan.

Shunday asarlar qatoriga Mustavining “Tarixi hayrat”, Hofizi Abruning “Ravzat us-Safo”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’ us-sa’dayn”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Muiniddin Natanziyning “Xotiralar”i, arman tarixchisi Foma Mesopskiyning asarlari, Rene Grussening “Cho‘l imperiyalari”, rus tarixchilaridan Ivaninning “Ikki buyuk sarkarda” asarlari va boshqa bir qator fransuz tarixchilarining asarlarini kiritishimiz mumkin.

Amir Temurning sevimli nabirasi Mirzo Ulug‘bek o‘zining “Tarixi arbai Ulus” asarida Chingizxon avlodlarining tarixini bayon qilish bilan birgan Amir Temurning hokimiyatga kelishigacha bo‘lgan voqealarni ham o‘z asariga kiritib ketadi. Shuningdek, temuriy Zahiriddin Muhammad Bobur ham Temur va temuriylar haqida o‘zining mashhur “Boburnoma” asarida ma’lumotlar berib o‘tgan.

Amir Temur haqida yozgan mualiflar va ularning tegishli asarlari

Ro‘yxatni tuzishda uni uch qismga bo‘linadi. Dastlab mahalliy mualliflarning kitoblar, undan keyin xorijlik mualliflar va so‘ngida badiiy asarlarni keltiriladi.

Mahalliy mualliflar qatoriga Temuriylar davlati tarkibiga kirgan hududlarda ijod qilgan mualliflarni ham kiritish maqsadga muvofiqdir.

  • G‘iyosiddin Ali – “Ro‘znomayi g‘azovoti Hindiston”;
  • Nizomiddin Shomiy – “Zafarnoma”;
  • Sharafiddin Ali Yazdiy – “Zafarnoma”;
  • Musavi – “Tarixi hayrat”;
  • Hofizi Abru – “Zubdat ut tavorix”;
  • Abdurazzoq Samarqandiy – “Matla’ us-sa’dayn”;
  • Miroxond va Xondamir – “Ravzat us-safo”;
  • Mirzo Ulug‘bek – “To‘rt ulus tarixi”;
  • Zahiriddin Muhammad Bobur – “Boburnoma”;
  • Salohiddin Toshkandiy – “Temurnoma”.

Shuningdek, XIX asrda Buxoro amirligida faoliyat yuritgan Ahmad Donish ham Amir Temur shaxsiyatiga yuksak baho bergan. Afsuski, Ahmad Donishning asarlari bizgacha yetib kelmagan. Sovet Ittifoqi yillarida Temur shaxsiyatiga qiziqish ortib bordi. Bir qator sovet rus va o‘zbek tarixchilari u haqida kitoblar yozdi. Vasiliy Bartold, Ibrohim Mo‘minov, Bo‘riboy Ahmedov, Yayho G‘ulomov, Edvard Rtveladze kabi tarixchilar o‘z ilmiy faoliyatlarida Temur hayotiga doir muhim izlanishlar olib bordi.

  • Ahmad Ibn Arabshoh – “Ajoyib al-maqdur fiy tarixi Taymur”;
  • Rui Gonzales de Klavixo – “Samarqandga sayohat kundaligi”;
  • Sultoniya arxiyepiskopi Ioann – “Amir Temurning saroyi va hayoti”;
  • Bavariyalik Shiltberger – “Xotiralar”;
  • Foma Mesopskiy – “Temur va Temuriylar tarixi”;
  • Marsel Brion – “Tamerlan”;
  • Jan Pol Ru – “Tamerlan”;
  • Lusien Keren – “Amir Temur saltanati”;
  • Rene Grusset – “Cho‘l imperiyalari : Attila, Chingizxon, Amir Temur”;
  • Albert Champdor – “Tamerlan”;
  • Mixail Ivanin – “Ikki buyuk sarkarda”.
  • Kristofer Marlo – “Buyuk Temurlang” teatr pyesasi, 1587-yilda sahnalashtirilgan;
  • Edgar Allan Po – “Tamerlan” epik poemasi;
  • Jovid Husayn – “Oqsoq Temur” pyesa, Ozarbayjon;
  • Sergey Borodin – “Samarqand osmonidagi yulduzlar” roman-epopeya;
  • Robert Irvin – “Samarqand hukmdori”;
  • Xurshid Davron – “Samarqand xayoli”, “Sohibqiron nabirasi”, “Bibixonim qissasi”;
  • Muhammad Ali – “Gumbazdagi nur” dostoni, “Sarbadorlar” romani, “Ulug‘ saltanat” epopeyasi.

Shuningdek, Amir Temur hayoti haqida boshqa ko‘plab sohalarda, jumladan, kino, teatr, musiqada badiiy hamda hujjatli materiallar tayyorlandi. O‘ylaymizki, Temur shaxsiyati hali ko‘p yillar mobaynida tarixchilarning ilmiy ishlari mavzusi bo‘lib keladi. Zero u dunyodagi eng murakkab shaxsiyatlardan biri sifatida tarixda qoldi.

Jahongir Ostonov tayyorladi.

Qiziqarli malumotlar
Kitob – Asarlar